“ODAM SAVDOSI-DAVR MUAMMOSI” mavzusidagi insho va referatlar tanlovi
“ODAM SAVDOSI-DAVR MUAMMOSI” mavzusidagi insho va referatlar tanlovining
NIZOMI
Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 29-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
“Odam savdosi-davr muammosi” mavzusidagi tanlovga institutda tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etadi. Tanlov “Eng yaxshi insho” va “Eng yaxshi insho” yo‘nalishlarida o‘tkaziladi. Tanlovning instituti bosqichlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayoni institutning “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
II. Tanlovning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
Tanlovning asosiy maqsadi-yoshlarning odam savdosi va noqonuniy mehnat migratsiya sohasidagi savodxonligini oshirish, “Xorijda ishlashning qonuniy asoslari hamda odam savdosiga qarshi kurashning mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirish institutda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarni namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
6. Tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:
yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, ularni odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarga qo‘shilib ketishining oldini olish;
institutda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish;
yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarni namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni har tomonlama rivojlantirish;
yoshlarda odam savdosiga qarshi kurashning mustahkam immunitetni shakllantirish;
chora - tadbirlar dasturining mazmun-mohiyati targ‘iboti ta’sirchanligini oshirish;
yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalash;
“Odam savdosi-davr muammosi” mavzusidagi talabalarning ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka yetkazish.
III. Tanlovni o‘tkazish bosqichi va muddatlari
7. “Odam savdosi-davr muammosi” mavzusidagi tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich-institutning fakultetlari akademik guruhlari talabalari o‘rtasida joriy yil may oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.
Ikkinchi bosqich-institut miqyosida fakultetlararo ularning g‘oliblari o‘rtasida iyun oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.
Uchinchi bosqich (yakuniy) - Respublika oliy ta’lim muassasalari g‘oliblari o‘rtasida joriy yil iyun oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.
IV. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish
8. Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichini o‘tkazish bo‘yicha institut rektori buyrug‘i bilan Tashkiliy qo‘mita va soha professor-o‘qituvchilari, olimlari, mutaxassislari, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda hakamlar Hay’ati tuziladi.
9. Talabalar tomonidan yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan ijodiy ishlar fakultetlar va institut kesimida tuzilgan hakamlar Hay’ati tomonidan tanlov shartlari va mezonlari asosida baholanadi.
10. Tanlovning uchinchi bosqichni tashkil etish va o‘tkazish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshida tashkil etilgan tashkiliy qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi. Tanlovning yakuniy bosqichi g‘oliblarini aniqlash bo‘yicha Hakamlar hay’ati tuziladi. Hay’at tarkibiga soha bo‘yicha yetuk mutaxassislar jalb etiladi.
V. Tanlov shartlari va baholash mezonlari
11. Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar quyidagi mezonlarda bahonalanadi:
mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;
ijodiy ishlarning stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;
mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;
mavzuni yoritishga o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi;
mavzuni yoritishda hayotiy misollardan keng foydalanilganligi;
mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning yechimlari to‘g‘risida takliflar keltirilganligi;
12. Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi (jami 60 ball) hamda insho va referatlar talabalar tomonidan yozma shaklda bayon etiladi.
VI. Hujjatlarni taqdim etish tartibi
13. Respublikadagi institutda ikkita yo‘nalish bo‘yicha g‘olib bo‘lgan, 1 va 2-o‘rinni egallagan talabalarning hujjatlari (Institut Tashkiliy qo‘mitasi bayonnomasi va qarori, g‘olib bo‘lgan talabaning ijodiy materiallari va 10x15 hajmdagi fotosurati)ni Respublika Tashkiliy qo‘mitasiga joriy yilning 10 iyuniga qadar taqdim etiladi. Ijodiy ishlar elektron pochta orqali qabul qilinmaydi.
14. Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar (o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida) kompyuter Word dasturida, Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda,1 intervalda, chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirgan holda yozilgan bo‘lishi hamda materiallar ilmiy, texnik, stilistik tahrir qilingan bo‘lishi shart. Yozma materiallarning 1-nusxasida talabalarning o‘qish joyi, fakulteti, kursi va ta’lim yo‘nalishi to‘liq ko‘rsatiladi, 2-nusxasida o‘qish joyi, fakulteti, kursi va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilmaydi.
15. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi. Mualliflik huquqiy buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Plagiat holati aniqlanganda ish tanlovdan chetlatiladi.
VII. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash
16. Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichida yuqori (1,2,3) o‘rinni egallagan talabalar institut tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan talabalar institutning faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi. Yuqori (1,2,3) o‘rinni egallagan talabalarning ijodiy ishlari institut gazeta va jurnallarida yoritiladi.
17. Tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan talabalar quyidagi tartibda pul mablag‘lari bilan rag‘batlantiriladi:
“Odam savdosi - davr muammosi” mavzusidagi maqolalar:
1 - o‘rin 1 400 000 (bir million to‘rt yuz ming) so‘m;
2 - o‘rin 1 200 000 (bir million ikki yuz ming) so‘m;
3 - o‘rin 1000 000 (bir million) so‘m;
“Odam savdosi - davr muammosi ” mavzusidagi insholar:
1 - o‘rin 1 400 000 (bir million to‘rt yuz ming) so‘m;
2 - o‘rin 1 200 000 (bir million ikki yuz ming) so‘m;
3 - o‘rin 1000 000 (bir million) so‘m;
Shuningdek, tanlovning Respublika bosqichida yuqori ball to‘plagan talabalarning eng sara ijodiy ishlari institutning gazeta va jurnallarida yoritiladi.