22 mart –“Butunjahon suv kuni” 13-18-mart kunlari “Suv va iqlim o‘zgarishi” shiori ostida o‘tkaziladi

Ma’lumki har yili institutimizda 22 mart –“Butunjahon suv kuni” BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining «O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan «Texnik salohiyatni mustahkamlash» qo‘shma loyihasi bilan xamkorlikda turli tanlovlar doirasida keng nishonlanib kelinadi.

Huddi shunday tadbirlar 2020 yil 13-18 mart kunlarida “Suv va iqlim o‘zgarishi” shiori bilan  tashkil etiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:

  • «Suv – bu hayot!» mavzusidagi posterlar tanlovi;
  • «O‘zbekistondagi suv resurslarini boshqarishda iqlim o‘zgarishini ta’siri» mavzusida bahs munozara;
  • «Iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslaridan foydalanishning innovatsion uslublari» mavzusidagi intellektual o‘yin;
  • «Suv va iqlim» mavzusidagi video filmlar tanlovi;
  • Suv xo‘jaligi sohasidagi eng yaxshi innovatsion texnologiyalar tanlovi;
  • «O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarishni yaxshilashdagi ayollarning roli: mavjud qiyinchiliklar va yechimlar» mavzusidagi insho tanlovi.

Butunjahon suv kunini nishonlash doirasida o‘tkaziladigan tanlovlar g‘oliblari faxriy yorliqlar va quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:

1-o‘rin: Noutbuk. 2-o‘rin: Planshet. 3-o‘rin: Qattiq disk.

Tanlov nizomi (o‘zbek va rus tillarida) quyidagi fayllardan yuklab olishingiz mumkin.

Ilova