2019 yil 23-24 may kunlari Institutda “Qishloq va suv xoʻjaligi sohasi uchun kadrlarni tayyorlashda xotin-qizlarning roli” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani

AXBOROT XATI

TOSHKЕNT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XOʻJALIGINI MЕXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI

Toshkent shahrida 2019-yil 23-24-may

Ilmiy va ilmiy texnik anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”UB UBPF-4947-son Farmoni asosida belgilangan asosiy vazifalarni mantiqiy davom ettirish, 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni, hamda Vazirlar mahkamasining 2019-yil 25-fevraldagi 133-f-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash va “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da bajarilishi rejalashtirilgan vazifalarni amalga oshirishda xotin-qizlar faolligini taʼminlashga erishish borasida 2019 yil 23-24 may kunlari Institutda “Qishloq va suv xoʻjaligi sohasi uchun kadrlarni tayyorlashda xotin-qizlarning roli” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Mazkur anjumanda ilmiy maqola va tezislar toʻplami chop etilishi koʻzda tutilgan. Ushbu anjumanda oʻz maqola va tezislari bilan ilmiy xodimlar, oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etadilar.

Ilmiy maqolalar toʻplami quyidagi yoʻnalishlarni qamrab oladi:

  • Qishloq va suv xoʻjaligi sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlashda ayollarning roli.
  • Taʼlim-tarbiya sohasida xotin-qizlarning oʻz qobiliyatlari va imkoniyatlarini ruyobga chiqarishning shart-sharoitlari.
  • Davlat va jamiyat boshqaruvi hamda iqtisodiyot tarmoqlarida xotin-qizlarning oʻrni va ularni qoʻllab-quvvatlashning dolzarb masalalari.
  • Xotin-qizlarning intellektual salohiyatlarini yuksaltirishning zamonaviy muammolari.
  • Qizlarni sogʻlom turmush tarzi va oila qurishga tayyorlashning dolzarb masalalari.
  • Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishda tadqiqotchi xotin-qizlarning tutgan oʻrni.

Ilmiy maqolalarni qabul qilish talablari:

I. Ilmiy maqolaning tarkibi quyidagilardan iborat boʻlishi shart:

1.1. Tadqiqot mavzusi doirasida mavjud muammo.

1.2. Muammoni hal etish yoʻllari.

1.3. Ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar.

1.4. Kutilayotgan samara.

II. Maqolalar jiddiy tahrir qilingan va rasmiylashtirishning barcha texnik talablariga mos kelishi zarur, jumladan:

matn muharriri – MS Word 2003, 2007;

- sahifa – A4 oʻlchovida, kitob koʻrinishida, barcha tomonlardan 2 sm qoldirilgan;

shrift – Times New Roman, oʻlchovi (kegl) – 14;

qator oraligʻi va xat boshidagi oraliq – 1,5;

- maqolaning hajmi 5-7 bet;

yuqori oʻng burchakda muallifning toʻliq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, lovozimi, tashkilot nomi, ilmiy material nomi esa oʻrtada (qalin (jыrnыy) harflar bilan) yoziladi;

barcha jadval, sxema va rasmlar MS Word formatida, Times New Roman shriftida, ularning nomi sxema va rasmlar pastida, jadvallar tepasida boʻlishi kerak; 

barcha grafik, diagrammalar MSExcel formatida boʻlishi kerak;

formulalar MS Equation redaktorida yozilgan boʻlishi kerak;

jadval, rasm va grafiklarda manbalar va matnda ularga havolalar koʻrsatilgan boʻlishi kerak;

- havolalar har bir betning pastki qismida joylashtiriladi;

- ilmiy maqola, oʻzbek, rus yoki ingliz tilida boʻlishi mumkin.

III. Ilmiy maqolalar anketasi bilan toʻldirilgan holda elektron va chop etilgan shaklda tashkiliy qoʻmitaga 2019 yil 10-maygacha TIQXMMI B-bino 1-qavat Xotin-qizlar qoʻmitasi manziliga topshirilishi zarur.

Murojaat uchun telefon: (+99871) 237 19 93

Telegramm raqami: (90) 901-36-76.

Elektronpochta manzili:tiqxmmi_ayollar­_konf@mail.ru

IV. Taqdim etiluvchi ilmiy maqolalar yuqorida keltirilgan talablarga mosligi boʻyicha ekspertiza, jumladan, antiplagiat dasturi tekshiruvidan ham oʻtkaziladi.

Ekspertiza xulosasi ijobiy boʻlgan ilmiy maqolalar nashr uchun toʻplamga kiritiladi.