ELЕKTRON – KUTUBXONA TIZIMI “Консультант студента” talabalar elektron kutubxonasi
ELЕKTRON – KUTUBXONA TIZIMI “Консультант студента” talabalar elektron kutubxonasi - Koʻp qirrali taʼlimiy elektron resurslar bazasi boʻlib, oʻz ichiga oʻquv adabiyotlari va oliy oʻquv yurtlarining barcha yoʻnalishlari talabalariga moʻljallangan qoʻshimcha materiallarni oladi.
Asosiy xususiyatlari:
- Nashrlarning umumiy soni — 22 000 dan ziyod
- Darslik va oʻquv qoʻllanmalar — 12 000 dan ziyod
- Monografiyalar — 7 000 dan ziyod
Ushbu elektron kutubxona oʻz ichiga quyidagi fan soxalari boʻyicha oʻquv adabiyotlari jamlanmasini oladi:
- Архитектура и строительство - (Arxitektura va qurilish)
- Горное дело - (Togʻ ishlari)
- Деловая литература - (Ishbilarmonlar uchun adabiyotlar)
- Железнодорожный транспорт - (Temir yoʻl transporti)
- Иностранные языки - (Xorijiy tillar)
- Информационные технологии- (Axborot texnologiyalari)
- Медицина - (Tibbiyot)
- Психология - (Psixologiya)
- Сельское хозяйство - (Qishloq xoʻjaligi)
- Физико-математические науки - (Fizika-matematika fanlari)
- Филология - (Filologiya)
- Энергетика - (Energetika)
- Экономика - (Iqtisod)
- Юриспруденция - (Xuquqshunoslik)
“Консультант студента” ELЕKTRON – KUTUBXONA TIZIMIdan foydalanish boʻyicha YOʻRIQNOMA
- Internet - brauzerdan saytning manzilini qidirish satriga www.studentlibrary.ru (“Консультант студента” ga kirish uchun) manzilni yozib, SIZ elektron resursning boshlangʻich sahifasiga kirasiz va u yerdan «регистрация на сайте - saytda roʻyxatdan oʻtish” satrini tanlaysiz.
- «регистрация на сайте - saytda roʻyxatdan oʻtish” shaklini, sinchkovlik bilan hech bir oynachalarni oʻtkazib yubormagan holda toʻldirasiz.
- Bu yerda SIZ, chegaralangan xajmda katalogni koʻrishingiz yoki alohida kitoblarni oʻqishingiz mumkin boʻladi.
- Shundan soʻng, SIZ, “KATALOG” tugmachasini bosasiz, sahifada fan yoʻnalishlari ochiladi.
- Oʻzingizga kerakli Fan soxasini tanlab olasiz. Sahifada, SIZ tanlab olgan soha boʻyicha kitoblar koʻrinadi.
- Kerakli kitobning sarlavxasi ustiga sichqoncha bilan bosasiz, ЧИТАТЬ ОНЛАЙН tugmachasi chiqadi, ushbu tugmachani bossangiz, kitobning 1-beti ochiladi.
- Sahifaning pastki qismida ПРОСМОТР в виде PDF tugmachasi mavjud boʻlib, ushbu tugmacha bosilgandan soʻng, kitobning betlari PDF koʻrinishga keladi va uni koʻchirish imkoni paydo boʻladi.
- Izoh : Kitobni toʻliqligicha koʻchirish imkoni mavjud emas, -1 betdan koʻchirib olish mumkin boʻladi.
Mustaqil ravishda oʻzingizga (28-belgidan koʻp boʻlmagan - lotin harflari yoki sonlardan tashkil topgan) foydalanuvchilik nomini va (6 – tadan kam boʻlmagan va 28-belgidan koʻp boʻlmagan - lotin harflari yoki sonlardan tashkil topgan) parolni belgilaysiz.
Shundan soʻng, maxsus oynachaga rasmdagi sonlarni kiritib, sahifaning tagida joylashgan "Зарегистрироваться – Roʻyxatdan oʻtish” tugmacha-sini bosasiz va kutubxonaning birinchi sahifasiga kirasiz.
Axborot –resurs markazi