Institutning talaba, magistrant hamda yosh olimlari diqqatiga!

Yaponiyaning xalqaro hamkorlik markazi (JICA) oliy ta’lim tizimida yuqori malakali kadrlarni turli yo'nalishlar bo'yicha tayyorlash va ularni salohiyatini oshirish maqsadida Yaponiyaning Nagoya universitetining O'zbekistondagi ofisi bilan hamkorlikda Yaponiyaning bir qator nomdor OTM larida magistratura hamda doktoranturada taxsil olish istagida bo’lgan yoshlar uchun uchrashuv tashkil etishmoqda.

Uchrashuv joriy yilning 11 noyabr kuni saot 14:00 dan 15:30 gacha Toshkent xalqaro biznes markazining “Sug’diyona” zalida bo’lib o’tadi. Barcha institutimiz qiziqqan yoshlarini mazkur uchrashuvda faol ishtirok etishlarini so’rab qolamiz.