Axborot-resurs markazi fondiga olingan “AGRO ILM” agrar - iqtisodiy, ilmiy-amaliy jurnalining yangi 2018 yil (maxsus) sonini foydalanuvchilarga taqdim etamiz
Oʻzbekiston Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek, “Ilm boʻlmagan joyda, izlanish boʻlmagan joyda hech qanday sohada rivojlanish, yuksalish va umuman ushbu sohaning kelajagi boʻlmaydi. Ilmning rivojlanishida fundamental tadqiqotlar muhim rol oʻynaydi. Faqat ular orqaligina yangi bilimlarni oʻzlashtirish va nazariyalarni shakllantirish, kelajakdagi amaliy tadqiqotlar va innovatsion rivojlanish uchun mustahkam poydevor yaratish mumkin boʻladi”.
Muhtaram Prezidentimizning ushbu soʻzlari TIQXMMI professor-oʻqituvchilari tarkibining ilmiy tadqiqotlarni tayyorlash va ularni olib borishlari uchun asosiy poydevor boʻlib xizmat qiladi. Ularning ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalari bajarilgan ishlarining oʻziga xos hisoboti desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
TIQXMMI Axborot-resurs markazi fondiga “AGRO ILM” agrar – iqtisodiy, ilmiy - amaliy jurnalining yangi (maxsus) soni olindi. Jurnalda chop etilgan TIQXMMI professor - oʻqituvchilarining maqolalari respublikamiz agrar - iqtisodiy siyosatining dolzarb masalalariga bagʻishlangandir. Maqolalar oʻz ichiga muammoga kirish, vazifaning mohiyatini, tavsiya etilayotgan yechimlar va olingan natijalar, shu jumladan xulosalarni oladi.
Jurnalning asosiy ruknlari:
1. Agrar sohaga oid dolzarb mavzulardagi maqolalar;
2. Agrosanoat majmuiga kiruvchi korxona va tashkilotlar, jumladan ilgʻor
fermerlar, chorvadorlar hamda irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarida
ibratli ishlarni amalga oshirayotgan zamondoshlarimiz, ularning yutuq va ilgʻor tajribalari haqidagi materiallar;
3. Olim va mutaxassislarning tahliliy hamda amaliy tavsiya maslahatlari;
4. Qishloq xoʻjaligi fanida erishilayotgan ilmiy natijalar, ixtirolar;
5. Dunyo qishloq xoʻjaligidagi yangiliklar bilan muntazam tanishish, kasbiy mahorat hamda malakani oshirib borish.
Jurnalda chop etilgan har bir maqola, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha izlanuvchi turli toifadagi kitobxonlarda katta qiziqish uygʻotadi. Jurnallar Axborot-resurs markazining barcha asosiy boʻlim-larida joylashtirilgan. Shu jumladan Axborot - resurs markazining elektron maʼlumotlar bazasida “AGRO ILM” agrar-iqtisodiy, ilmiy-amaliy jurnali yangi (maxsus) sonining toʻliq matnli elektron koʻrinishi ham mavjud.
Axborot-resurs markazi direktori v.b. M. X. Axmedova