​Ruminiya davlatining stipendiya dasturlari

Ruminiya davlati magistratura mutaxassisligi hamda doktorantura ixtisosligi bo’yicha stipendiya dasturlarini e’lon qiladi. Mazkur stipendiya dasturlari 2019/2020 o'quv yillari uchun mo’ljallangan bo’lib, u bepul ta’lim olish, yotoqxona, oylik stipendiya (Magistrantlar uchun 75 yevro, doktorantlar uchun esa 85 yevro) bilan ta'minlab beradi. Ta’lim tili rumin tilida bo’lib, dastlabki 1 yil mazkur tilni o’rgatish kurslaridan tashkil topgan bo’ladi. Arizalar joriy yilning 21-yanvariga qadar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Xalqaro aloqalar bo’limida qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin. http://www.mae.ro/en/node/10251