«Fan va turmush» ilmiy ommabop jurnalga maqolalar qabul qilinadi

«Fan va turmush» - O‘zbekiston Respublikasidagi keng o‘quvchilariga ega bo‘lgan, mamlakat fan va texnikasi, dunyo ilmiy yangiliklarini ommalashtirish uchun yaratilgan ilmiy-ommabop jurnal. Jurnalda quyidagi fan sohalariga tegishli bo‘lgan, tabiiy, gumanitar fanlar, kashfiyotlar, qiziqarli tarixiy faktlar, texnologiya va eng so‘nggi ilmiy natijalar yutuqlari haqidagi maqolalar chop etiladi:

  • Fizika, matematika, astronomiya, kimyo va materialshunoslik;
  • Biologiya, genetika, ekologiya va biologik xilma-xillik;
  • Informatika va axborot texnologiyalari;
  • Tarix, arxeologiya va antropologiya;
  • Adabiyot va tilshunoslik;
  • Tibbiyot va fiziologiya;
  • Iqtisodiyot va ijtimoiy hodisalar va boshqalar.

Barcha soha mutaxassislarini ushbu imkoniyatdan foydalanishga chorlab qolamiz!

Maqolalar quyidagi manzilga yuborilishi kerak: 100047, Toshkent, Akademik Yahyo G‘ulomov ko‘chasi, 70-uy.

Tel: (998-71) 233-50-33; 233-07-05;

Faks: 71-234-48-67.

E-mail: shuhrat@astrin.uz (bosh muharrir); fvat@academy.uz