Shoshiling: SCOPUS xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritiladigan GISCA20 Xalqaro konferensiyasiga maqolalar topshirishning so’nggi muddati etib 2020 yilning 18 fevral sanasi belgilandi

MARKAZIY OSIYODA GAT – GISCA 2020 AN’ANAVIY KONFERENSIYASI

"Barqaror rivojlanishda amaliy Geoinformatika", 1-3 iyun, 2020 yil

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent, O'zbekistan  

AXBOROT XATI

Har yili o'tkazilib kelinayotgan "Markaziy Osiyoda GAT" konferensiyasi - GISCA 2020, 2020 yilning 1-3 iyun kunlari navbatdagi Toshkent shahrida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan konferensiya uchun ro'yxatga olish boshlanganini e’lon qiladi. Ushbu ingliz tilida o’tkaziladigan anjumanining asosiy vazifalari Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlarning GAT sohasidagi akademik, professor-o’qituvchi, tadqiqotchi va mutaxassislarini bir joyga to'plash hamda GAT ta'limida xalqaro hamkorlik va bilimlar almashinuvini rag'batlantirishdan iborat.

2020 yilda GISCA konferensiyasi "Barqaror rivojlanishda amaliy Geoinformatika" mavzusiga qaratilgan. Geografik axborot fani nazariy asos sifatida, Geoinformatika metodologiya sifatida va GAT dasturiy texnologiyalar sifatida axborotni turli manbalar orqali joylashtirish uchun kuchli vositalardir. Bu bizning muhit va tabiiy resurslarimiz, iqtisodiyotimiz va oxir-oqibat jamiyatimizni muvaffaqiyatli boshqarish uchun zarur bo'lgan narsadir.

Konferensiyaning asosiy mavzulari:

  • mintaqaviy barqaror rivojlanishda GAT;
  • fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasini rivojlantirish;
  • atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini boshqarishda GAT;
  • favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishda GAT;
  • suv resurslarini boshqarishda GAT;
  • qishloq xo'jaligida GAT;
  • geodeziya, kadastr va yer tuzish sohasidagi yangi tendensiyalar va texnologiyalar;
  • geoinformatika sohasida kasbiy va masofaviy ta’lim;
  • gidrotexnika qurilishi va melioratsiya sohasida GAT;
  • qishloq va suv xo'jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishda GAT.

GISCA 2020 Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) tomonidan Erasmus+ DSinGIS loyihasi doirasida Avstriya-Markaziy Osiyo GAT Markazi (ACA*GIScience) hamda Vengriyadagi Obuda Universitetining Alba Regiya Texnika fakulteti bilan birgalikda tashkillashtirilmoqda. Mazkur konferensiya "InterCarto. InterGIS 26" va "SilkGIS 4" (Ipak yo'li uchun GAT) xalqaro konferensiyalari bilan birgalikda “Trimble International”, Koreyaning “GeoTwo” hamda “Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhitni o'rganish markazi” (RCEECA CAS) kabi ishlab chiqarishdagi hamkorlar ko'magida o'tkaziladi. GISCA konferensiyalari va ularning nashrlari Eurasia-Pacific Uninet va Avstriya Fanlar akademiyasining GAT fanlari komissiyasi tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan ACA*GIScience tomonidan boshqarib kelinadi. Konferensiya Geoinformatika sohasi bo’yicha faoliyat yurituvchi tashkilotlardan qo'shimcha homiylikni kutib qoladi.

Konferensiya hay'ati yuqorida keltirilgan anjuman mavzulariga oid Markaziy Osiyo mintaqasiga qaratilgan ilmiy maqolalarni qabul qiladi. Konferensiyada ilmiy maqolaning taqdimoti (prezentatsiya) yoki poster bilan faol ishtirok etish mumkin. Taqrizdan o’tgan va konferensiyaga qabul qilingan ilmiy maqolalar Scopus xalqaro bibliografik va abstrakt ma'lumotlar bazasiga kiritiladigan konferensiya to’plamida chop etiladi.

Maqolalarni taqdim etishga doir savollar bo’yicha tahririyatga intercarto@yandex.ru elektron manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Ushbu axborot xatini barcha qiziqqan GAT bo’yicha professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar, talaba va magistrantlar hamda mutaxassislarga tarqatishingizni so'rab qolamiz. Maqolalarni qabul qilish 2020 yilning 18 fevraliga qadar amalga oshiriladi. Bitta muallifdan ko'pi bilan ikkita maqola qabul qilinadi. GISCA 2020 dan ro'yxatdan o’tish, konferensiya dasturi va viza olish tartiblari haqida barcha ma'lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://gisca20.wordpress.com.

Maqolalarni rasmiylashtirish tartib-qoidalari va namunalarini quyidagi veb-sahifadan olishingiz mumkin: http://intercarto.msu.ru/jour/submissions.php?lang=en

RO'YXATDAN O’TISH VA TO'LOVLAR

Iltimos, veb-saytdagi (http://intercarto.msu.ru/jour/files/GISCA_2020_REGISTRATION_FORM.docx) yoki quyida ilovadagi ro'yxatdan o'tish shaklini to'ldiring va gisca2020@aca-giscience.org elektron manziliga yuboring. Maqolangizni esa intercarto@yandex.ru elektron pochta manziliga yuboring. Ro'yxatdan o’tish to'lovi ro'yxatga olish stolida (registratsiya) naqd pulda yoki quyidagi hisob raqamiga bank orqali to'lanishi mumkin:

 

Bank nomi: “ASAKA” bank Toshkent filiali

Bank manzili: A.Qaxxor ko’chasi, 73, 100015, Toshkent, O’zbekiston

Hisob raqami egasi nomi: TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISHLARI INSTITUTI

Hisob raqami egasi manzili: Qori Niyoziy, 39, 100000, Toshkent, O’zbekiston

IBAN (Xalqaro bank yoki hisob raqami):    20203840300174799001 (AQSH dollari)

                                                                        20203978100174799001 (Yevro)

BIC (Bank identifikatsiya kodi) / SWIFT kodi: ASKBUZ 22

GISCA 2020 GA RO’YXATDAN O’TISH TO’LOVI MIQDORI

MDH mamlakatlari ishtirokchilari uchun

Boshqa ishtirokchilar

Ishtirokchi

$75

120

Ishtirokchi (60+)

$70

105

Talaba, magistrant va doktorantlar

$50

105

Hamrohlik qiluvchi shaxs

$65

85

Ro'yxatdan o'tish to'lovi konferensiya to’plamining bir nusxasi, tarqatma materiallar, tushlik va kofe breykni o’z ichiga oladi, lekin mehmonxonada yashash hamda mahalliy transport uchun to'lovlarni o'z ichiga olmaydi. Ro'yxatdan o'tish, konferensiya dasturi va vizaga murojaat qilish tartib-qoidalari bo’yicha ma’lumotlar zarur bo’lsa, GISCA 2020 konferensiya kotibiga murojaat qiling. Sizni Toshkentda GISCA 2020 da kutib qolamiz!

GISCA 2020 konferensiyasi tashkiliy qo'mitasi nomidan:

Konferensiya kotibi: Ilhom Abdurahmanov, ilhom.isakovich@gmail.com

Tel.: +998712371909, Fax: +998712373879

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti  (TIQXMMI) Qori Niyoziy 39, Toshkent 100000, O’ZBEKISTON

GISCA 2020 RO'YXATGA OLISH SHAKLI:  (onlayn ro’yxatdan o’tish: https://gisca20.wordpress.com/registration/)  

Iltimos, to’ldirilgan shaklni gisca2020@aca-giscience.org ga yuboring