TIQXMMIda ilk bor dissertatsiya himoyasisiz ilmiy daraja berilishi joriy etilmoqda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017- yil 31-maydagi 239/4-son qarori bilan tasdiqlangan “Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risida NIZOM” ning 1-bob 5-bandiga mufoviq tadqiqotlar amalga oshirilgan muassasa xulosasi va Ilmiy kengash taqdimnomasi asosida OAK Rayosati qarori bilan istisno tariqasida quyidagilarga dissertatsiya himoyasisiz ilmiy daraja berilishi mumkin.
Unga ko‘ra muhim ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va ro‘yxat bo‘yicha xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 6 ta ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga eksperiment tariqasida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi beriladi.
Ushbu talabni institutda birinchilardan bo‘lib 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ixtisosligining 2-yil tayanch doktoranti Salaxodjaev Raufxon Farxodxonovich i.f.d., professor O‘.P.Umurzakovning ilmiy rahbarligida bajardi.
Yosh olim R.F.Salaxodjaevning dissertatsiya ximoyasisiz falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun «Qishloq xo‘jaligida tabiiy-iqlim resurslarini boshqarish va ulardan oqilona foydalanishda inson va ijtimoiy kapitalning roli» mavzusida tayyorlagan avtoreferati taqdimotining muhokamasi TIQXMMI huzuridagi DSc.03/30.01.2020.I.10.03 raqamli ilmiy kengashning 2021-yil 17-fevral soat 1400 dagi majlisida onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy. Tel.: (99871) 237-46-68; faks: (99871) 237-38-79; e-mail: admin@tiiame.uz