Talim yo’nalishi o’quv rejasi bilan bog’liq so’rov o’tkazish va shu asosida tavsiyalar ishlab chiqish bo’yicha konsultant xizmatlari (qiziqishni bildirish uchun so’rov)
Talim yo’nalishi o’quv rejasi bilan bog’liq so’rov o’tkazish va shu asosida tavsiyalar ishlab chiqish bo’yicha konsultant xizmatlari (qiziqishni bildirish uchun so’rov)
Tashkilot/Institut/Kompaniya: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI)
Loyiha nomi: Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo'jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish
Loyiha ID: AIF 2/16
SO’ROV O’TKAZISH BO’YICHA KONSULTANT XIZMATLARI
TIQXMMI Jahon bankining O’zbekiston Respublikasida Oliy ta'limni modernizatsiya qilish loyihasi doirasida Akademik innovatsiyalar fondining “Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo’jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirmoqda va loyiha mablag’larining malum bir qismini konsultant maslahatchi xizmatlari uchun sarflanishi rejalashtirilgan.
Konsultant maslahatchi xizmatlari hozirda ishlab chiqarishda qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va unga aloqador sohalarda samarali faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassislarning “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish” yo’nalishida ayni paytda foydalanilayotgan o’quv reja fanlari va taklif qilinishi mumkin bo’lgan yangi fanlar bo’yicha fikr-mulohazalarini o’rganish maqsadida so’rov o’tkazish va so’rov natijalarini tahlili asosida tavsiyalar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. So’rovni o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish, o’tkazish va natijalarni tahlil qilish asosida tavsiyalar ishlab chiqish bo’yicha ishlarni 28.12.2020y - 28.02.2021y oralig’ida bajarilishi rejalashtirilgan. So’rovda qatnashadigan respondentlar soni 100 tadan kam bo’lmasligi kerak.
TIQXMMI konsultantlar yoki tashkilotlar/kompaniyalarni yuqoridagi xizmatlarni ko’rsatish uchun qiziqishlarini bildirishga taklif qiladi. Ish hajmi quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi, lekin shu bilan chegaralanmaydi:
- qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish yo’nalishida ayni paytda foydalanilayotgan o’quv reja bilan yaqindan tanishish, so’rov savollarini tayyorlash
- potensial respondentlarni aniqlash, ular bilan aloqaga chiqish va so’rovni o’tkazish
- so’rov natijalarini tahlil qilish va tavsiyalar ishlab chiqish
Konsultant Jahon bankining "Jahon bankidan qarz oluvchilar tomonidan konsultantlarni tanlash va ishga olish" (joriy nashr) qo'llanmasida keltirilgan tartib-qoidalarga muvofiq tanlanadi. So’rovni o’tkazishga qiziqish bildirgan nomzodlar yoki tashkilotlar o’z takliflarini (hujjatlar to'plamini) 2020 yil 24 dekabrga qadar muhrlangan konvertda loyiha ofisiga yetkazishi so’raladi. Hujjatlar to’plamida ishni tashkil qilish bo’yicha qisqa reja va byudjet, nomzod konsultant yoki tashkilot haqidagi malumotlar (pasport malumotlari yoki ustav, CV/malumotnoma, diplomlari, sertifikatlari va boshqa hujjatlar nusxalari) bo’lishi kerak. Qiziqish bildirgan konsultantlar quyida keltirilgan elektron pochta yoki telefon orqali qo’shimcha malumotlar olishi mumkin.
Manzil:
TIQXMMI, V-bino, V-306, 310 xonalar
Qori Niyazov ko’chasi 39 uy
Toshkent, 100000 O’zbekiston
Telefon: 998 71 237 2534
E-mail: aif-agr-eng@tiiame.uz
Vebsayt: http://international.tiiame.uz/ru/page/Oliy%20ta'limni
Texnik koordinator: Mansur Amonov