Sadiyev Umidjon Abdusamadovichning texnika fanlari falsafa doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida

SADIYEV UMIDJON ABDUSAMADOVICH

Texnika fanlari falsafa doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida 

EʼLON

I.Umumiy maʼlumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Irrigatsiya kanallarida suvdan foydalanishning samaradorligini va ishonchliligini oshirish usullari”, 05.09.07- Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: V2017.1.PhD/T132

Ilmiy maslaxatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:

Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi DSs.27.06.2017.T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: D.R.Bozorov, texnika fanlari doktori, professor (05.09.07), Z.M.Malikov, texnika fanlari doktori (05.09.07).

Yetakchi tashkilot - Toshkent arxitektura qurilishi instituti

Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sugʻorma dehqonchilik tizimidagi irrigatsiya kanallarida suvdan samarali va ishonchli foydalanishning boshqarish usullarini takomillashtirish, gidravlik hisoblash usullarini ishlab chiqish va GAT texnologiyalarini qoʻllash asosida sugʻorish kanallarida suvdan foydalanishning ishonchliligi va samaradorligini oshirish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tuproq oʻzanli va beton qoplamali kanallardan roʻy berayotgan filtratsiyani gidravlik hisoblash usullari filtratsion qarshilik usuli asosida takomillashtirilgan.

irrigatsiya kanallarining ishonchlilik holatini bashorat qilish usullari tasodifiy diagnostika gipotezalari va Bayes usuli asosida takomillashtirilgan;

magistral kanallarning samaradorligi va ishonchlilikni taʼminlay oladigan oqimning optimal gidravlik parametrlarini hisoblash usullari boshkaruv nazariyasi asosida takomillashtirilgan;

bir oʻlchovli bekaror suv xarakatini ifodalovchi gidravlik model suv sarfi eksponensial tartibda oʻzgarganda kanallarning ishonchlilik va Frud oʻxshashlik mezonlari asosida ishlab chiqilgan;

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Irrigatsiya kanallarida suvdan foydalanishning samaradorligini va ishonchliligini oshirish usullari boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:

tuproq oʻzanli va beton qoplamali kanallardan roʻy berayotgan filtratsiyaning gidravlik hisoblash usullari Suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi Chirchiq-Oxangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan Toshkent magistral kanali, Parkent va Xandam kanallariga joriy etilgan (Suv xoʻjaligi vazirligining 2019-yil 3-may 03/25-1835-son maʼlumotnomasi). Natijada irrigatsiya kanallarida suvdan foydalanish ishonchliligi va samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;

bir oʻlchovli bekaror suv xarakatini ifodalovchi gidravlik model Suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi Chirchiq-Oxangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan Toshkent magistral kanali, Parkent va Xandam kanallariga joriy etilgan (Suv xoʻjaligi vazirligining 2019-yil 3-may 03/25-1835-son maʼlumotnomasi). Natijada irrigatsiya kanallarida manbadan olinadigan suvga nisbatan 5-7% dan ortiq suv resurslari iqtisod qilishni imkoni yaratilgan;

magistral kanallarning samaradorligi va ishonchlilikni taʼminlay oladigan oqimning optimal gidravlik parametrlarini hisoblash usullari Suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi Chirchiq-Oxangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan Toshkent magistral kanali, Parkent va Xandam kanallariga joriy etilgan (Suv xoʻjaligi vazirligining 2019-yil 3-may 03/25-1835-son maʼlumotnomasi). Natijada sugʻorish kanallaridan foydalanish ishonchliligi va samaradorligini oshirish orqali suv tanqisligi sharoitida suv resurslarini samarali boshqarish imkoni yaratilgan.

Ilmiy darajalar beruvchi  ilmiy kengash raisi, t.f.d. Sultanov T.Z.

Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashning ilmiy kotibi,t.f.d., professor Yangiyev A.A.

Ilmiy rahbar, t.f.d., professor Maxmudov I.E.

Talabgor Sadiyev U.A.A