2019 yilning 28-29 mart kunlari TIQXMMIda “Qishloq va suv xoʻjaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi anʼanaviy XVIII - yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazilishi belgilandi
Xurmatli yosh olimlar, magistrantlar va talabalar!
Sizni 2019 yilning 28-29 mart kunlari TIQXMMIda oʻtkaziladigan “Qishloq va suv xoʻjaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi anʼanaviy XVIII - yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etamiz.
TOSHKЕNT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XOʻJALIGINI MЕXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
“Qishloq va suv xoʻjaliginnng zamonaviy muammolari” mavzusidagi anʼanaviy
XVIII-yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani
A X B O R O T X A T I
Anjumanning asosiy maqsadi: Qishloq va suv xoʻjaligining zamonaviy muammolarini yechish maqsadida ilmiy-uslubiy va huquqiy asoslarni takomillashtirish hamda kadrlarni tayyorlash borasida yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy izlanishlari natajalarini muhokama etish va ommalashtirishdan iborat.
Anjumanda quyidagi ilmiy yoʻnalishlarda ish olib boriladi:
Shoʻba Anjuman yoʻnalishlari nomi
1.Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanish muammolari
2.Suv resuslarini boshqarish, ekologiya va atrof muhit muxofazasi muammolari
3. Gidrotexnika va Gidroenergetika muammolari
4. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muammolari
5. Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash muammolari
6.Qishloq va suv xoʻjaligning energetika va avtomatlashtirish sohalarida zamonaviy energotejamkor texnologiyalarni qoʻllash
7. Yer resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish va muxofaza qilish muammolari
8. Suv xoʻjaligida iqtisodiy muammolar, menejment va marketing
9.Suv xoʻjaligi masalalarida matematik modellashtirish usullari va axborot texnologiyalarini qoʻllash
10.Xayot faoliyati xavfsizligi masalalari
11.Suv xoʻjaligida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy, pedagogik maʼnaviy omillari
Rasmiylashtirishga oid talablar: Matn oʻzbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Taqdim qilinadigan material annotatsiya, matn, jadval rasm va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati bilan 3 betdan iborat boʻlishi, A-4 oʻlchamli oq qogʻozda toʻliq sahifalanib, Word 2003 taxrirlagichda Times New Roman 12 shriftida 1 intervalda puxta taxrirlangan holda tayyorlanishi kerak. Elektron shakli bilan (fleshkada) taqdim etiladi. Matn oʻng tomonidan 2.2 sm., chap tamonidan 2.3 sm., yuqoridan 2 sm., pastdan 2 sm. dan xoshiya qoldirib tayyorlanadi.
Maʼruza sarlavhasi katta xarflar bilan markazlashgan holda qoraytirib yoziladi, keyingi qatorga muallif(lar)ning F.I.Sh. oʻqish (ish) joyi koʻrsatiladi. Soʻngra bir interval tashlab mavzuning annotatsiyasi, keyin asosiy maqsadi beriladi va yana bir interval tashlab asosiy matn joylashtiriladi.
Institutning ITI rejasiga kiritilgan mavzular, TIJda oʻrganilgan mavzularda iqtidorli talabalarning ishtiroki, shuningdek, Ilmiy amaliy anjumanga talaba tomonidan topshiriladigan ilmiy maqolalarning dolzarbligi, natijalarini nazariy tahlili va xaqqoniyligini taʼminlash ilmiy rahbar va kafedra mudirlari zimmasiga yuklatilib, ekspertiza dalolatnomasi toʻldirilgan holda 2019 yilning 18-martigacha qabul qilinadi. Talabga javob bermaydigan materiallar qabul qilinmaydi. Maqolalar oʻzgartirishlarsiz chop ettiriladi.
Ekspertiza dalolatnomasining blankasini Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish boʻlimi (Temirova Zoxida)dan olasiz.
Tashkiliy qoʻmita manzili: 100000 Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qori Niyoziy koʻchasi, 39 uy. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti. ITIvaIPKT boʻlimi. Tel: 237-19-61, 237-09-46.