Hurmatli professor-o’qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar!

GEOINFORMATIKA BO’YICHA XALQARO AN’ANAVIY GI 2021 KONFERENSIYASI

"Geoaxborot tizim va texnologiyalari orqali barqaror rivojlanishni qo’llab-quvvatlash"

27-29 yanvar, 2021 yil

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent, O’zbekiston

ONLINE/ONSITE

Hurmatli professor-o’qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar!

Sizlarni 2021 yilning 27-29 yanvar kunlari Geoinformatika bo’yicha xalqaro an’anaviy GI 2021 konferensiyasiga taklif etamiz. Ushbu anjumanning asosiy vazifalari ijtimoiy-ekologik tizimlar bo’yicha faoliyat yuritayotgan olimlarni tarmoqlararo geofazofiy doktorantura va ilmiy tadqiqotlariga yo'naltirish, shuningdek, Geoinformatika sohasida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchi va doktorantlarning xalqaro miqyosdagi jamiyatlarga jalb etilishini kengaytirish, OTM va ITMlarning xalqarolashuvini kuchaytirishdan iborat.

Konferensiyada ishtirok etish uchun konferensiya platformasi https://bit.ly/2XsGjFc yoki konferensiyaning rasmiy veb-sahifasi http://geo.amk.uni-obuda.hu/gi2020/registration.htm orqali ro’yxatdan o’ting. Ro'yxatdan o'tganingizdan so'ng, konferensiyada Zoom platformasi orqali online qatnashish uchun kirish havolasi (linki) paydo bo'ladi, shuningdek mazkur havola ro'yxatdan o'tish paytida foydalanilgan elektron pochtaga yuboriladi.

GI 2021 konferensiyasi bo’yicha to’liq ma’lumotlarni konferensiyaning rasmiy veb-sahifasidan (http://geo.amk.uni-obuda.hu/gi2020/home.htm) olishingiz, shuningdek, konferensiya bilan bog'liq masalalar bo'yicha konferensiya kotibi Ilhom Abdurahmanov (gi2020conference@gmail.com) bilan bog'lanishingiz mumkin.

Sizlarni GI 2021 konferensiyasida kutib qolamiz!