Yaponiyaning Goi tinchlik fondi “Yaxshilikga boy jamiyat yaratish” (creating a society full of kidness) deb nomlangan tanlovni e'lon qiladi

Yaponiyaning Goi tinchlik fondi Yaponiyaning ta’lim, madaniyat, sport, ilm-fan hamda texnalogiya vazirliklari hamda UNESCO ishlari bo’yicha milliy komissiya bilan birgalikda “Yaxshilikga boy jamiyat yaratish” (creating a society full of kidness) deb nomlangan tanlovni e'lon qiladi.

Mazkur tanlovning asosiy maqsadi- Yoshlarga o'zlarining g'oyalari, ijodkorligi va tinchlik va barqaror rivojlanishni qo'llab-quvvatlash tashabbusi haqidagi g’oyalarini ilgari surishdan iborat.

Tanlovda institutning 25 yoshgacha bo’lgan talabalari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovning asosiy sharti quyidagi 5 ta (ingliz, fransuz, ispan, nemis va yapon) tillardan birida 700 ta so’zdan iborat bo’lgan insho yozib uni joriy yilning 15 iyuniga qadar www.goipeace.or.jp yoki essay@goipeace.or.jp elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin.

Tanlovda g’olib bo’lgan ishtirokchiga 900 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti hamda 2019 yil 31 oktabrda kuni Yaponiyada bo’lib o’tadigan taqdirlash marosimiga ishtirok etish uchun yo’llanmani qo’lga kiritadi.