Maqsadli qabul tartibi belgilandi
O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori bilan Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, OTMlar uchun begilangan qabul kvotalari tarkibida hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul quyidagi toifa abiturientlar hisobidan amalga oshiriladi:
- muayyan hududda doimiy yashaydigan (pasportdagi ma’lumoti bo‘yicha);
- umumiy o‘rta (10-11-sinflar negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bo‘lgan;
- kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)dan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Batafsil: http://edu.uz/uz/news/view/1327