Bryusseldagi Yosh Liderlar Dasturi

Siz ekologik muammolar va biologik xilma-xillikni saqlash hamda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda faol ishtirok etmoqchimisiz? Siz atrofdagilaringizni mahalliy, mintaqaviy darajada o‘z ortingizdan ergashtira olasizmi? Barqaror rivojlanish bo‘yicha boshqa nufuzli ishtirokchilar bilan kelajak haqidagi tasavvuringizni baham ko‘rmoqchimisiz? G‘oyalaringizni amalga oshirish vaqti keldi: "Yosh Liderlar" dasturiga ariza bering va Bryusselga o‘z g‘oyalaringizni baham ko‘rish uchun tashrif buyuring!

Qaerda: Bryussel, Belgiya

Qabul qilish muddati: 2020 yil 9 mart

Qachon: 2020 yil 9 - 10 iyun kunlari

Bryusselda (Belgiya) yosh liderlar dasturida qatnashish uchun arizalar qabul qilinadi. Dastur doirasida ishtirokchilar 9-10 iyun kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan evropa Rivojlanish kunlari forumida chiqish qiladilar.

Tashkilotchilar tomonidan barcha xarajatlar qoplanadi:

• Transport xarajatlari

• Turar joyxarajatlari

• Viza xarajatlari

Arizani  to‘ldirish quyidagi link https://www.eudevdays.eu/youngleaders orqali amalga oshiriladi. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!!!