Hurmatli talabalar, ajoyib yangilik!

Pandemiya sharoitida online ta'lim jarayonini samarali o'tkazish va bir vaqtning o'zida talabalarga qulaylik va internet trafikni tejash maqsadida, institutimizning TJICHAB (Texnilogik jararayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish) kafedrasi jamoasi tomonidan 5311000 (Texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishda avtomatlashtirish va boshqarish) mutaxassisligi talabalari uchun android dasturi ishlab chiqildi.
Dastur quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • Kafedraning online darslar to'plami (YouTube)
  • Automatik yangilanuvchi dars jadvaliTalabalar malakasini oshirish uchun forum
  • Shaxsiy online kundalik 
  • Institutimiz rasmiy YouTube kanali
  • Professor o'qituvchilar bilan online portal

Dasturning mualliflaridan biri Ozodov Ezozning aytishicha, kutilayotgan dasturning keying bosqichlarida Zoom platformasini o'rnini bosuvchi video chat ishlab chiqish rejalashtirilgan. Hurmatli talabalar, bizning institutimiz sizga sifatli ta’lim berish uchun doimiy izlanishda davom etadi. Kelayotgan yangi o’quv yilingiz omadli bo’lsin!