Yusupova Farida Maratovnaning falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini himoyasiga taklif qilamiz.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.I.10.03 raqamli ilmiy kengashning 2019-yil 4-oktyabrdagi navbatdagi yigʻilishi

KUN TARTIBI

Mustaqil tadqiqotchi Yusupova Farida Maratovnaning 08.00.04- “Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti” ixtisosligi boʻyicha “Qishloq xoʻjaligida tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi.

Ilmiy rahbar: Farmanov Toʻlqin Xayitmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori

Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Saidova Madina Xamidovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Ilmiy kengash faoliyat koʻrsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami:  Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.I.10.03.

Manzil: Toshkent shahri, Qori-Niyoziy koʻchasi, 39-uy, Ilmiy Kengashlar zali, B korpus, 105-xona