“Proofreading Service” xizmatidan foydalanishga taklif etamiz
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 13 fevraldagi 02-02/812-sonli ҳamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 fevraldagi 87-03-683-sonli xatlariga muvofiq “Proofreading Service” xizmatidan foydalanishga taklif etamiz. “Proofreading Service” xizmati - ilmiy maqola matnini yuqori reytingga ega bo‘lgan jurnallar talablariga muvofiq tahrir qilish, yozma ingliz tili matnini yaxshilash, orfografik va gramatik xatolarni bartaraf etish, belgilangan texnik talablarga moslashtirish uchun tashkil etildi.
Ushbu xizmatdan respublikada faoliyat yuritayotgan barcha olimlar va tadqiqotchilar bepul foydalanishlari mumkin. Batafsil ma’lumotlarni quyida olishingiz mumkin:
Servis xizmatining veb saҳifasi - http://proof.mininnovation.uz/