“Yangi asr iste’dodlari- 2020” respublika ko‘rik-tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida 2020 yil 28-29 may kunlari talaba yoshlarning bilim va iqtidorlarini, innovatsion loyixa va ishlanmalarini qo'llab-quvvatlash, yuqori saloxiyatli mutaxassislarni tayyorlash xamda iqtidorli yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqtirish, ijodiy bilimini kengaytirish maqsadida “Yangi asr iste’dodlari- 2020” respublika ko‘rik-tanlovni online tarzida o‘tkaziladi.

(Ma’lum sabablarga ko‘ra ko‘rik-tanlovni o‘mkazish sanasida o‘zgarish xolatlari bo‘lsa qo‘shimcha ma’lumot beriladi),

KO‘RIK-TANLOV QUYIDAGI NOMINATSIYA YO‘NALISHLARI BO‘YICHA O‘TKAZILADI:

  1. Eng yaxshi tasviriy va amaliy san’at asari (rang tasvir, grafika, xaykaltaroshlik va o‘ymakorlik);
  2. Eng yaxshi arxitekturaviy innovatsion loyixa va maket;
  3. Eng yaxshi me’moriy ta’mirlash qayta tiklash va kompozitsiya loyixasi;
  4. Eng yaxshi landshaft va interer dizayni;
  5. Eng yaxshi innovatsion muhandislik-kommunikatsiya loyixalari va ishlanmalari;
  6. Eng yaxshi innovatsion qurilish materiallari va texnologiyalari;
  7. Eng yaxshi innovatsion biznes loyixa;
  8. Eng yaxshi zilzilabardosh binolar va konstruksiyalar;
  9. Eng yaxshi innovatsion energosamarador loyixalar va ishlanmalar;
  10. Eng yaxshi “Geoinnovatsiya” loyixasi va ishlanmasi;

KO‘RIK-TANLOVDA QATNASHISH UCHUN IShLARNI RASMIYLASHTIRISH TALABLARI VA TOPSHIRISH TARTIBI:

Muallif PDF variantda (2010 yilgacha bulgan versiyada) tayyorlangan innovatsion ishlanma yoki loyixasini yuqori ko‘rinishidan va 4 ta tomonidan olingan sifatli fotosur'atlarini, ishning mazmun-moxiyatini ochib berish maqsadida 2 minutgacha qisqa va lo‘nda olingan ovozli videorolik va ishtirokchi muallifning tasdiqlangan reyting daftarchasi (yoki talabalik guvoxnomasi)dan nusxalar, ilovada keltirilgan jadval asosida ishlanma yoki loyixa to‘g‘risida qisqa va lo‘nda yozma annotatsiya ham berishi lozim, yuqorida ko'rsatilgan barcha ma’lumotlarni umumlashtirilib, ZIP fayli shaklida asrjstedodiari@mc.trz elektron pochtasiga taqdim etadi.

Ko‘rik tanlovga tavsiya etiladigan ishlarda loyixaniig dolzarbliligi, innovatsion g‘oyasi, yechimi va tugallanganligi o‘z aksini topishi lozim. Tadbirda ishtirok etuvchilar soni cheklanmagan. Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari bitiruv malakaviy ishlari, diplom loyixalari, magistrlik dissertatsiyalari bilan qatnashishlari mumkin emas. Amaliy san’at yo'nalishi bo'yicha ishtirokchilar (mualliflarning uslubi va yo‘nalishini aniqlash maqsadida) 2019-2020 o‘quv yilida bajarilgan hamda boshqa biror-bir tanlovda ishtirok etmagan 3 tagacha ijodiy ishlari bilan qatnashishlari mumkin.

Ko‘rik-tanlovga ishlar va ma’lumotlar elektron shaklda 2020 yil 11 maydan - 25 may soat 18.00 gacha qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefonlar: 71-244-08-53, 71-244-03-09.

Ko‘rik-tanlov to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar bilan Qurilish vazirligining www.me.uz. SamDAKIning www.samgasi.uz va TAKIning www.taqi.uz saytlarida tanishishingiz mumkin. Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib takdim etilgan va belgilangan tartibda > rasmiylashtirilmagan ishlar ko‘rik-tanlovga qabul qiliimaydi va ko‘rib chiqilmaydi. Tanlovda g‘olib bo‘lgan sovrindor talabalar ruyxati 2020 yil 3 iyun kuni vazirlikning www.me.uz saytida e’lon qilinadi.

Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish tashkiliy ko‘mitasi manzili: Uzbekieton Respublikasi Qurilish vazirligi Toshkent shaxri. Abay kuchasi 7 uy.

Murojaat uchuy telefonlar: 71-244-08-53, 71-244-03-09.