Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi notiqlik sanʼati boʻyicha 2019 yil uchun tanlovni eʼlon qiladi
Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy oʻquv yurtlarining nemis tilini oʻrganuvchi talabalari oʻrtasida notiqlik sanʼati boʻyicha navbatdagi tanlovni eʼlon qiladi.
Tanlovdan koʻzlangan maqsad:
- Oʻzbekistonda nemis tili rivojiga hissa qoʻshish;
- Global ahamiyatga ega boʻlgan zamonaviy muammolarga talabalar eʼtiborini qaratish;
- Talabalarning maʼlum bir masala borasida oʻz nuqtai nazarlarini nemis tilida ifoda etish mahoratini rivojlantirish.
Gʻoliblar quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
- tilni bilish;
- tanlangan mavzuni yoritish;
- notiqliksanʼati: nutqstrukturasi;
- ritorika vositalarini qoʻllash, intonatsiya.
Tanlov mavzulari:
1. Was ist das Besondere am Navruz-Fest? Welche Bräuche gibt es und wie feiern Sie es persönlich? Welchen deutschen Feiertag könnte man mit dem Navruz Fest vergleichen?
Navroʻz bayrami mohiyati nimada? Qanday urf-odatlar bor va shaxsan siz ularni qanday nishonlaysiz?Qaysi nemis bayramini Navroʻz bayrami bilan taqqoslash mumkin?
2. Kann man Geschichte einfach neu bauen oder geht nicht eher durch den Abriss von alten Gebäuden auch die Geschichte einer Stadt verloren?
Tarixni shunchaki yangidan qurish mumkinmi yoki eski imoratlarni buzish orqali shaharning tarixi yoʻqolmaydimi?
3. Im Mai wird der Bundespräsident Usbekistan besuchen. Welche Impulse erwarten Sie von dieser Reise, in welchen Bereichen können die deutsch-usbekischen Beziehungen besonders wachsen? Wo sehen Sie eventuelle Schwierigkeiten?
May oyida Germaniya prezidenti Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Ushbu tashrifdan nimalarni qutyapsiz, qaysi sohalarda nemis-oʻzbek aloqalari kuchayishi mumkin? Qaysi yoʻnalishlarda maʼlum qiyinchiliklarni koʻryapsiz?
4. Ablauf eines Studiums in Usbekistan und eines Studiums in Deutschland. Worin sehen Sie die Vor- und Nachteile des jeweiligen Systems?
Oʻzbekiston va Germaniyadagi oliy taʼlim oʻrtasidagi farq. Ikkala tizimning afzallik va kamchiliklari nimadan iborat deb oʻylaysiz?
Har bir ishtirokchi yuqorida keltirilgan mavzulardan biriga oʻz nutqini (5 daqiqagacha) oldindan tayyorlashi lozim.
Plakatlar va Power-Point taqdimotlaridan foydalanilmasligini soʻrab qolamiz.
Tanlov ishtirokchisiga qoʻyiladigan talablar:
- nemis tili boʻyicha mukammal bilim;
- oliygohning3 yoki 4-kursida oʻqish;
- oʻtgan yillar gʻoliblari va ishtirokchilari tanlovda qaytadan ishtirok ETMAYDILAR.
Tanlovning 1-bosqichi 28.01.2019 y. soat 15:00 da TIQXMMI boʻlib oʻtadi.
Murojaat uchun “Tillar” kafedrasining nemis tili katta oʻqituvchisi Aʼzamxon Ergashovna. bilan bogʻlanishingiz mumkin: +998(90)176-91-14