Institutimiz talaba, magistrant, doktorant va yosh olimlari diqqatiga!

Qozog'iston Milliy agrar universiteti talaba, magistrant, doktorant va yosh olimlarni  2019 yil  11-23 fevral kunlari bo’lib o’tadigan  “Xalqaro qishki maktabda-2019” ishtirok etishga taklif qiladi. “Xalqaro qishki maktab-2019” ning maqsadi - yangi bilimlarni olish, amaliy ko'nikmalarni shakllantirish, innovatsion texnologiya va tadqiqot usullarini ishlab chiqishni o’rganishdan iborat.

Mazkur qishki maktab quyidagi 9 ta yo’nalish bo’yicha o’tkaziladi:

  • Suv resurslarini boshqarish (“Управление водными ресурсами”);
  • “Yashil iqtisodiyot” (“Зеленая  экономика”);
  • “Veterinariya tibbiyoti” (“Ветеринария”);
  • Chorvachilik ishlab chiqarish texnologiyasi” (“Технология производства продукции животноводства”);
  • Biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi” (“Биотехнология и пищевая безопасность”);
  • Qishloq xo'jaligida innovatsion texnologiyalar va texnik vositalar” (“Инновационные технологии и технические средства в сельском хозяйстве”);
  • Tabiiy resurslarni boshqarish” (“Управление природными ресурсами”);
  • Osimlikshunoslikda agroinnovatsiya” (“Агроинновация в растениеводстве”);
  • “Agroturizm” (“Агротуризм”).

“Xalqaro qishki maktab-2019” qatnashchilari qishki maktabda ishtirok etishlari bilan bir qatorda STARTUP loyihalari tanlovida ham qatnashishlari mumkin. Eng yaxshi loyihalar munosib taqdirlanadi. Bundan tashqari ishtirokchilar qishloq xo'jaligi, veterinariya, biologiya, texnika, iqtisod fanlari sohasidagi ilmiy maqola nashr etishlari mumkin.

Qishki maktabda ishtirok etishni istaganlar quyidagi anketani toldiribjoriy yilning 25 yanvariga qadar quyidagi elektron manzil orqali qabul qilinadi kaznauipo@gmail.com.

Batafsil ma’lumotni ilovadagi fayl orqali olishingiz mumkin: Международная Зимняя Школа - 2019