Institutimiz talaba va magistrantlari diqqatiga!
Germaniyaning Veyxenstefan-Triesdorf amaliy fanlar universiteti (Weihenstephan-Triesdorf University of Applied Sciences) institutimizning talaba hamda magistrantlarini 2020 o’quv yili uchun “Agrar menejmenti” mutaxassisligi bo'yicha praktika kurslarida ishtirok etishni taklif qiladi.
Mazkur kursda ishtirok etishni istagan talabgorlar joriy yilning 25 yanvariga qadar institutning “Xalqaro hamkorlik bo’limi”ga borib, ro’yxatdan o’tishlari hamda quyidagi havola https://ima.hswt.de/de/ima-praktikum orqali onlayn tarzida ro’yxatdan o’tish va arizalarni to’ldirishlari kerak.
Mazkur praktika kurslarida ishtirok etuvchilar uchun quyidagi talablar mavjud:
- Nemis tili darajasini aniqlab beruvchi sertifikat (B1, B2 daraja);
- Bakalavr diploma (agar bo’lsa)
Batafsil ma’lumotni quyidagi veb sayt orqali olishingiz mumkin: https://ima.hswt.de/de/
“Xalqaro hamkorlik bo’limi” manzili. 11-bino, 3 qavat. 305-xona. Telefon +99871-237-09-87