XIII Xalqaro Erasmus + kadrlarni malakasini oshirish haftaligida ishtirok etish uchun tanlov

2019 yil 10-17 may kunlari Gottingen universitetida “XIII Xalqaro Erasmus + kadrlarni malakasini oshirish haftaligi” bo'lib o'tadi. Mazkur tadbirda ishtirok etishi uchun institutimiz xodimlari orasida tanlov o’tkaziladi. Buning uchun nomzod IELTS 6 (Level B2) darajada ingliz tilini bilishi lozim. Tadbirda ishtirok etadigan nomzod Gottingen universitetining o'quv, yozgi maktab va Erasmus+ imkoniyatlarini o’rganishi kerak.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo’lganlar CV va motivatsiya xatini (motivation letter) 2019 yil 27 aprelga qadar ecogiscentre@gmail.com elektron manziliga yuborishingizni so’raymiz. Qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon +998 71271934 yoki V bino 310-xonaga murojaat qilishingiz mumkin.