XIII Xalqaro Erasmus + kutubxona xodimlarini malakasini oshirish haftaligida ishtirok etish uchun tanlov

2019 yil 10-17 may kunlari Gottingen universitetida “XIII Xalqaro Erasmus + kutubxonachilarni malakasini oshirish haftaligi” bo'lib o'tadi. Mazkur tadbirda ishtirok etishi uchun institutimiz kutubxona xodimlari orasida tanlov o’tkaziladi. Buning uchun nomzod ingliz, rus, nemis, хitoy tillarining birida IELTS 6 (Level B2) darajasiga ega bo’lishi lozim. Tadbirda ishtirok etadigan nomzod Gottingen universitetini kutubxonalarni dasturiy ta’minoti, fondi, halqaro ma’lumotlar bazasiga bog’langanligi imkoniyatlarini o’rganishi kerak.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo’lganlar CV va motivatsiya xatini (motivation letter) 2019 yil 27 aprelga qadar ecogiscentre@gmail.com elektron manziliga yuborishingizni so’raymiz. Qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon +998 71271934 yoki V bino 310-xonaga murojaat qilishingiz mumkin.