Hurmatli institutimiz professor – o‘qituvchilari!
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy jurnali ta’sis etilgan. Mazkur ilmiy nashrning tematikasi jamiyat hayotining barcha jabhalari- iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy sohalarni qamrab oladi va chop etiladigan maqolalarga nisbatan Oliy attestatsiya komissiyasining asosiy talablari ilgari suriladi. Shu munosabat bilan ilmiy jurnal nufuzini inobatga olgan holda maqolalar chop etishlaringizni tavsiya etaman. Mazkur jurnalga ilmiy maqola berish tartibi Indep.uz elektron manzilda keltirilgan.
ITI va IPKTB boshlig‘i Sh. Imomov