Qadrli 4-kurs bakalavr talabalari, magistrantlar hamda PhD tadqiqotchilar!

Endilikda sizda Xitoyning yetakchi universitetlari hamda ilmiy tadqiqot institutlarida ta’lim olish imkoni mavjud. Institutimiz hamda Xitoy Fanlar Akademiyasi Xinjiang bo’limi o’rtasida tuzilgan o’zaro Anglashinuv Memorandumi doirasida Xitoyda o’qishni to’liq moliyalashtiruvchi Xitoy Xalq Respublikasi grantlarini sizga taqdim etamiz (TWAS va ANSO). Ushbu grant magistraturada oqish niyatida bo’lgan talabalarni 1-2 yil mobaynida, PhD talabalarini 2-3 yil mobaynida Xitoyda o’qishini moliyalashtiradi hamda talabalarni stipendiya bilan ta’minlaydi.

Topshirilishi kerak bo’lgan hujjatlar:

  • Ariza;
  • Pasport nusxasi;
  • Oliy ma’lumoti haqidagi hujjat (magistrantlar uchun-bakalavr diplomi, PhD ga topshirayotgan talabalar uchun-bakalavr va magistrlik diplomi);
  • Oliy ma’lumoti haqidagi hujjat ilovasi (magistrantlar uchun-bakalavr diplomi, PhD ga topshirayotgan talabalar uchun-bakalavr va magistrlik diplomi ilovalari);
  • Til bilishi haqida sertifikat yoki diplom;
  • 2 ta professordan tavsiyanoma (Recommendation letter);
  • Motivatsiya хati (Motivation letter);
  • Salomatligi to’g’risida tibbiy ma'lumotnoma (Xitoy tilida).

Ariza (1) va Salomatligi to’g’risida tibbiy ma'lumotnoma (8) blankalarini “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi dotsenti Sh.Akmalov va "Gidravlika va gidroinformatika" kafedrasi dotsenti L.Samiyevdan olishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumotlar bilan quyidagi saytlarda tanishingiz mumkin:

TWAS - http://isa.ustc.edu.cn

ANSO – https://mp.weixin.qq.com/s/AiGdL6FmK6Oxe2mOe2gvsA

Hujjatlar topshirishning oхirgi muddati 31- Мart 2021- yil.

Hujjatlar to’g’riligi tekshiruvi, Xitoydan OTMsidan ilmiy rahbar topish hamda online registratsiya bo’yicha dotsent Sh.Akmalovga va L.Samiyevga murojat qilasiz.

Tel: +998931200765, +998977751390. 

E-mail: shamshodbekjon@mailru, luqmonsamiev@mail.ru, l.samiyev@tiiame.uz