Ingliz tilida imlo qoidalari tanlovi

Ingliz tilidagi imlo qoidalari tanlovida ishtirok etish uchun institutimizning 18-25 yoshdagi talaba, magistrantlarini taklif etamiz. Mazkur tanlovda ishtirokchilar murakkablik darajasi oshib boruvchi ingliz tilidagi so'zlarni harflab talaffuz qilishlari va yozishlari kerak. Eng ko'p vazifalarni to'g'ri bajargan ishtirokchi g'olib hisoblanadi.

Mazkur tanlov AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkillashtirilgan bo’lib, tanlovning birinchi bosqichi 2019 yil yanvar va fevral oylarida mintaqaviy axborot resurs markazlarida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

So’ngi respublika bosqichi joriy yilning mart oyida Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasida bo’lib o’tadi. G'oliblar 2019 yil aprel oyida Qirg’iziston Respublikasining Bishkek shahrida bo’lib o’tadigan so’ngi final bosqichida ishtirok etish yo’llanmasini qo’lga kiritadilar.

Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan institutimiz yoshlari rektorat binosining 4 etajida joylashgan “Xalqaro hamkorlik bo’limi” ga murojaat etishlari mumkin. Mo’ljal “Marketing bo’limi” tepasida.

Telefon: +998(71)-237-09-87