2018-2019 O‘QUV YILI UCHUN IKKINCHI MUTAXASSISLIK BO‘YICHA SIRTQI BO‘LIM...

TOSHKYENT IRRIGASIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZASIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI

2018-2019 O‘QUV YILI UCHUN IKKINCHI MUTAXASSISLIK BO‘YICHA SIRTQI BO‘LIM BAKALAVRIAT TA'LIM YO‘NALISHLARI  ABITURIENTLARNI O‘QISHGA TAKLIF ETADI

 

Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutida agrar sohasida zamonaviy qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikasi, mashina va mexanizmlari, suv tejovchi texnologiyalarni keng qo‘llash va joriy etish bo‘yicha strategik vazifalarni samarali yechishga qodir, qishloq va suv xo‘jaligi sohasida yuqori malakali, talab yuqori bo‘lgan, raqobatbardosh muhandis-texnik kadrlarni tayyorlaydi.

Bunday kadrlarni mamlakatimizning qishloq va suv xo‘jaligi sohasiga tayorlab berishda asosan Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotiga alohida hissa qo‘shayotgan oliy o‘quv yurtidir.

 Xurmatli abiturientlar! Sizlarni mamlakatimizning qishloq va suv xo‘jaligi soxasida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va rivojlantirish uchun yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishlaringiz maqsadida Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutiga ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha sirtqi ta'limga o‘qishga taklif etamiz.

Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutining  2018/2019 o‘quv yilida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha sirtqi ta'lim shaklida bakalavrlar tayorlash bo‘yicha qabul kvotalari

(ta'lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi)

Shifr

Ta'lim yo‘nalishlari

Sirtqi ta'lim

Jami

shu jumladan:

o‘zbek

rus

Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti

100

85

15

1

5450200

Suv xo‘jaligi va meliorasiya

10

10

2

5430100

Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish

10

10

3

5450400

Gidrotyexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish

10

10

4

5230900

Buxgalteriya hisobi va audit (suv xo‘jaligida)

20

15

5

5

5230100

Iqtisodiyot (suv xo‘jaligida)

20

15

5

6

5310200

Elektr energetikasi (suv xo‘jaligida)

10

10

7

5410700

yer tuzish va yer kadastri

20

15

 

Ikkinchi mutaxasislik bo‘yicha abituriyentlar qabul komissiyasiga quyidagi xujjatlarni taqdim etadi:

Bakalavriatura ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha:

- ta'lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan ariza;

- oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasining asl nusxasi;

- 086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma'lumotnoma;

- pasportning nusxasi;

- harbiy guvohnoma nusxasi, asli ko‘rsatiladi;

- 3.5 x 4.5 o‘lchamli 6 ta rangli fotosurat;

Xujjatlar 2018 yilning 20 iyulidan 20 avgustgacha qabul qilinadi.

Institut manzili: Toshkent shaxri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qori Niyoziy 39. Tel: (871)-237-09-75. E-mail: www.tiiame.uz.