Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining TALABA VA MAGISTRANTLARI UCHUN “Eng yaxshi intellektual mulk”ob’yektlari “INTELLEKTUAL-2019” tanlovi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodni rag‘batlantirish, innovatsion faollikni oshirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish yo‘li bilan eng yaxshi intellektual mulk ob’yektlarini tanlab olish maqsadida ularning mualliflariga quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha “INTELLEKTUAL-2019” tanlovini e’lon qiladi:
- Eng yaxshi innovatsion loyiha;
- Eng yaxshi innovatsion ishlanma;
- Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi;
- Mobil ilovalari uchun yaratilgan dastur.
Tanlovga institutning professor-o‘qituvchilari muallifligida yaratilgan so‘nggi 3 yil (2017-2019 yy.) davomida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan olingan intellektual mulk ob’ektlaridan – Ixtirolar, – Foydali modellar, – Sanoat namunalari, – EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar ba’zalari va Mobil ilovalari uchun yaratilgan dasturlar qabul qilinadi.
Oldingi o‘tkazilgan tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni egallagan ishtirokichlarning arizalari qabul qilinmaydi. (Bunda ishtirokchi emas balki loyihasi nazarda tutilgan)
Tanlov yiliga 2 marta: 10 maydan - 20 maygacha, 10 noyabrdan - 20 noyabrgacha o‘tkaziladi.
Tanlov ishtirokchilari quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:
- Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ishtirok etish uchun ariza;
- Intellektual mulk agentligidan olingan intellektual mulk ob’ektlari hujjatlarining nusxasi;
- Loyiha ob’ektidan foydalanishga tayyorligi to‘g‘risidagi tasdiqlangan hujjat (Dalolatnoma, akt vnedreniya).
Tanlov natijalari 2019 yilning 10 iyunida e’lon qilinadi.
Tanlovda har bir nominatsiya bo‘yicha sovrinli 1-3 o‘rinlarni egallagan tanlov g‘oliblari quyida ko‘rsatilgan miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
1 – o‘rin: – eng kam ish xaqining 5 barobari;
2 – o‘rin: – eng kam ish xaqining 4 barobari;
3 – o‘rin: – eng kam ish xaqining 2,5 barobari.
Tanlovga arizalar 2019 yilning 25 apreldan - 10 maygacha (soat 9.00 dan 16.00 gacha) 100000, Tashkent sh., Q.Niyoziy 39., Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi (B-bino 2-qavat 230 va 233 xonalar) manzilida qabul qilinadi.
Murojat uchun telefonlar: 0371 237-19-61, 0371 237-09-46
Tanlov Nizomining (o‘zbek va rus tilidagi matni) bilan institutning tiiame.uz rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin.