DISSERTATSIYA (PhD) ISHI MUHOKAMASI

2019- yil 28 - iyun kuni soat 10:30 da Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining B-bino 105-xonasida, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.27.06.2017.I.10.03 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig'ilishi bo’lib o’tadi.

KUN TARTIBI

1. Qoraqalpoq davlat universiteti tayanch doktoranti Nurimbetov Timur Uzakbergenovichning 08.00.04-“Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti” ixtisosligi bo'yicha “Hududiy qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash uslublarini takomillashtirish (Qoraqalpog'iston Respublikasi misolida)” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi muhokamasi;

2. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti mustaqil tadqiqotchisi Tadjiyev Abdusame Abduxamidovichning 08.00.04-“Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti” ixtisosligi bo'yicha “Agrar islohotlarning qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligiga ta'sirini baholash (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi muhokamasi.