Ta’lim muasssalarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi bilan tanishmisiz?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi  470 –son qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra:

- Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanib, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab amaliyotga joriy etilishi;

- Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2017 yil 18 iyuldagi 515-son qaroriga  o‘zgartirishlar kiritilganligi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish;

- Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbaev zimmasiga yuklangan.

Batafsil http://lex.uz/docs/4367782  saytida NIZOMdagi 1-bob. Umumiy qoidalar; 2-bob. Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish;   3-bob. Ekspert komissiyalarini tashkil etish va ularning tarkibi; 4-bob. Attestatsiya yakunlari; xamda attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish SXEMASI bilan tanishishingiz mumkin.

 

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor  T.Sultanov