“Ilmiy maqola yozish va nufuzli jurnallarda chop etish bo‘yicha maslahatlar: Scopus va WoS” mavzusidagi onlayn vebinar

“Ilmiy maqola yozish va nufuzli jurnallarda chop etish bo‘yicha maslahatlar: Scopus va WoS” mavzusidagi onlayn vebinar

2020 yil 29 avgust.

Toshkent,O‘zbekiston.                                                                                                                                                                                                                        Berlin, Germaniya.

Mavzu: “Ilmiy maqola yozish va nufuzli jurnallarda chop etish bo‘yicha maslahatlar: Scopus va WoS” mavzusida onlayn vebinar

Tashkilotchilar:

  • O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi,
  • O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi;
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi;
  • Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti;
  • Germaniyaning Leybnis Qishloq xo‘jaligi landshaftlarini o‘rganish tadqiqot markazi (ZALF)Germaniya;
  • SMART InnoTex konsalting kompaniyasi

Ishtirokchilar: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari hamda turdosh oliy ta’lii muassasalari tadqiqotchilari.

Mazkur vebinardan ko‘zlangan maqsad: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Muhtaram Prezidentimizning 2019 yil 8 oktyabrda PF-5847-son FARMONI qabul qilingan. Farmonda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Unda oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish belgilangan. Shuningdek, respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish; o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish; mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi “xab”ga aylantirish maqsad qilingan.

Ilmiy tadqiqotlarda “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish, yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko‘rsatkichlari oshirish, respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash kabi vazifalar qo‘yilgan. Bu ishlarni amalga oshirishda xorijda yashab, faoliyat ko‘rsatayotgan vatandoshlar bilan aloqa o‘rnatgan xolda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv va ilmiy faoliyatlarida yaqindan xamkorlik qilinmoqda. Bu borada respublikada ko‘plab OTMlar keng hamkorlikni yo‘lga qo‘yib kelishmoqda. Respublika oliy ta’lim kengashi “El-yurt – umidi” jamg‘armasi bilan hamkorlikda AQSh, Angliya, Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Avstraliya kabi davlatlarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz bilan ta’lim, ilmiy faoliyatga doir professor-o‘qituvchilarimiz, doktorantlarimizga zarur bo‘lgan mazmunli ushrashuvlarni tashkil etib kelmoqda. Ularda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tadqiqot natijalarini ommalashtirish, jumladan xorijiy jurnallar talablari asosida ilmiy maqolalarni tayyorlash va nashr qilishlarga doir ma’lumotlarga ega bo‘linmoqda.

Xalqaro miqyosda tan olingan ilmiy jurnallarda Respublika oliy ta’lim muassasalari olimlari tomonidan chop etilgan ilmiy ishlari soni keskin oshdi. Agar 2018 yilda nufuzli ilmiy jurnallarda atigi 276 maqola nashr etilgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 3,3 baravarga oshgan, ya’ni 965 ta maqola, 2020 yilda esa fakatgina 6 oy ichida 1760 tadan ortiq maqola chop etildi, va 2018 yilda chop etilgan maqolalar soniga nisbatan 7 marta oshgan. Bu natijaga eng katta hissa qo‘shgan oliy ta’lim muassasalari ichida O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Samarqand davlat universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasini alohida ta’kidlash joiz. O‘zbekiston olimlari, tadqiqotchilari, talabalar Vazirlik va Elsevier kompaniya orasidagi kelishuv asosida dunyoda tan olingan SCOPUS va ScienceDirect xalkaro eng zamonaviy ilmiy texnika ma’lumotlar va tahliliy tizimlarni imkoniyatlari bilan bepul foydalanish huquqiga ega.

Bir yil ichida Elsevier kompaniyasi Digital Commons (Bepress) bazasida double-blind peer review konfiguratsiyasini qo‘llab, 41 ilmiy jurnalni birlashtirib, «Uzbekistan Research Online» noyob raqamli platforma yaratildi. 2020 yilda platformadagi jurnallardan 62 300 ilmiy maqolalarning matnli fayllar 106 ta mamlakatning tashkilotlari tomonidan to‘liq yuklab olindi. Platforma bazasidagi ilmiy maqolalarning umumiy soni 4733 taga yetdi. Ilk bor QS (Quacquarelli Symonds World University Rankings) xalqaro reytingida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 301—350-o‘rinni, THE (Times Nigher Education) xalqaro Impakt-reytingi ro‘yxatida O‘zbekiston Milliy universiteti 601, va shu reytingni soa yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi 301—400, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 201-o‘rinni egalladi.

Bugungi vebinarda asosiy spikerlik qiluvchi - Germaniya Federal hukumatining Amaliy va gumanitar fanlar bo‘yicha ekspertlar kengashi a’zosi, Germaniyaning Leybnis Qishloq xo‘jaligi landshaftlarini o‘rganish tadqiqot markazi (ZALF) ilmiy xodimi Dilfuza Egamberdieva xam yosh vatandosh olimlarimizlardan hisoblanadi. Bugun ularning ishtirokida tadqiqotchilar va doktorantlarimiz bilan “Ilmiy maqola yozish va nufuzli jurnallarda chop etish bo‘yicha” tajribalar almashinildi. Mamlakat taraqqiyoti ilm-fan taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq ravishda kechadigan jarayon sanaladi. Ushbu ikki tushunchani bir-birisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu uyg‘unlik ilm olamining intellektual salohiyatini oshirish, qobiliyatli yigit-qizlarni qo‘llab-quvvatlash orqali yanada yorqin namoyon bo‘lib, albatta, kutilgan natijalarni beradi.