“Yoshlar innovatsion faolligini oshirishning dolzarb vazifalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
“Yoshlar innovatsion faolligini oshirishning dolzarb vazifalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
AXBOROT XATI
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining Ijtimoiy sohani rivojlantirish borasidagi vazifalari ijrosini amalga oshirish maqsadida 2019 yil aprel oyining uchinchi oʻn kunligida “Yoshlar innovatsion faolligini oshirishning dolzarb vazifalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini tashkil etadi.
Konferensiyaning maqsadi:
Yoshlarni jamiyatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi rolini kuchaytirish, innovatsion gʻoyalarni amalga oshirishga qaratilgan qonun va qonunosti hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish va ragʻbatlantirish kabi ustuvor vazifalarini amalga oshirish hamda mazkur yoʻnalishda ilmiy tadqiqot ishlarini faollashtirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Konferensiya shoʻbalari:
1-shoʻba: Yoshlarning innovatsion faolligini oshirishda davlat siyosati.
2-shoʻba: Yoshlar innovatsion faolligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari: milliy va xorijiy tajriba.
3-shoʻba: Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda yoshlarning ishtiroki.
4-shoʻba: Yoshlarning ilm-fan, texnika va texnologiya sohasidagi innovatsion gʻoyalari va tajribalari.
5-shoʻba: Madaniyat va turizm sohasida innovatsion faoliyatni tashkil etish.
Konferensiya ishtirokchilari va unda qatnashish shartlari:
Konferensiyaga yosh olimlar, oliy oʻquv yurtining professor-oʻqituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilar, talabalar taklif etiladilar.
Konferensiyaning asosiy tadbirlari:
- Ilmiy maʼruzalarni muhokama etish boʻyicha yalpi va shoʻba yigʻilishlari;
- Tadqiqot yoʻnalishlari boʻyicha eng yaxshi ilmiy maʼruza (maqola) tanlovi.
Konferensiyaga taqdim etiladigan ilmiy tezislarga talablar:
- Tezislar konferensiya yoʻnalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan xulosalar asosida shakllantirilgan amaliy takliflar hamda tavsiyalar bilan boyitilgan boʻlishi lozim;
- Ilmiy tezisda adabiyotlar va boshqa manbalardan foydalanilganda, ushbu manbalarga havola berilishi shart, keltirilgan manbalarning (havola) toʻliq tafsilotini berish zarur (internet manzil, statistika toʻplami yoki kitob, nashriyot nomi hamda yili, foydalanilgan bet hamda muallifi toʻliq);
- Konferensiyaga taqdim etiladigan ilmiy tezislar oʻzbek va rus tillarida taqdim etilishi mumkin;
- Ilmiy tezislar matnlari tahrir qilingan holda A-4 oʻlchovdagi qogʻozga, yuqoridan va pastdan 2,0 sm., chapdan 3,0 sm., oʻngdan 1,5 sm. joy qoldirib, 1 nusxada rasmiylashtiriladi. Tezisning nomi, muallifning toʻliq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, tashkilot nomi va lavozimi, elektron manzili koʻrsatiladi. Soʻngra 1,0 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnni elektron nusxasi Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida, 3-5 betgacha hajmda boʻlishi lozim.
Har bir ilmiy tezis uchta jihatni oʻzida aks ettirishi talab etiladi:
- Kirish (mavzuning dolzarbligi va mamlakatni rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasidagi ustuvor yoʻnalishlarga mos kelishi);
- Asosiy qism (mavzuga doir maʼlumotlar bazasi va uning ilmiy tahlili);
- Xulosa (tugallangan xulosalar va shu asosida normativ-huquqiy hujjatlarga takliflar, amaliy tavsiyalar).
Konferensiyaga ilmiy tezislarni taqdim etish muddati:
Konferensiyada qatnashish istagini bildirganlar 2019 yil 30 martgacha belgilangan tartibda ilmiy tezislarni yoshlarqanoti@mail.ru elektron manziliga joʻnatishlari lozim. Konferensiyaga taqdim etiladigan ilmiy tezislar yuqorida keltirilgan talablarga mos kelmaganda toʻplamga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi. Eng yaxshi takliflar Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining gʻoyaviy va mafkuraviy dasturi yoʻnalishlarini takomillashtirish uchun qabul qilinadi.
Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Chilonzor koʻchasi, 53-uy. telefon: (71) 239-11-09; faks: (71) 277-14-94; elektron pochta e-mail: yoshlarqanoti@mail.ru