1500 AQSh dollari miqdoridagi grantlar tanlovi talabalar, magistrantlar, doktorantlar uchun e’lon qilindi!
Hozirdagi 3-kurs bakalavriatura talabalari, 1-kurs magistrantlar, doktorantlar xamda innovatsion ishlanmalar ustida tadqiqot olib borayotgan yoshlarning tegishli bitiruv malakaviy ishlari (BMI), magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari (MD, DD)larini bajarishlarini 2019-2020 o‘quv yilida bajararishlari hamda innovatsion ishlanmalarni yaratish ishlari ustita ishlayotgan yoshlarni tadqiqotlari (xizmat safarlari, zaruriy jihozlarni sotib olish, yasash va h.k.lar) uchun O‘rta Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (CAREC) tashkiloti tomonidan ajratiladigan 1500 AQSh dollari miqdoridagi grant tanlovlari e’lon qilindi.
Shuning uchun ushbu tanlovda faol ishtirok etib, BMI, MD, DDlaringizni bajarishga investitsiya kiriting.
Ma’lumot uchun sayt manzili: http://student.carececo.org/ru/.
Qo‘shimcha ma’lumotni institutdagi “Innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar klasteri” (D-bino) dan olishingiz mumkin.
Asos: OO‘MTVning 2019 yil 15 iyundagi 87-03-2500-sonli hamda RESSAning 2019 yil 30 apreldagi WIS-2019-L-059-sonli xatlari.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Sultanov