Volga davlat texnologiya universiteti magistratura mutahassisligida ta’lim olishni istaganlar uchun grant dasturini e’lon qiladi

Volga davlat texnologiya universiteti institutimizni 4 bosqichini a’lo baholarga tugatgan bakalavr diplomiga ega bo’lgan bittiruvchilari uchun "O'rmon majmuasi va atrof-muhitni boshqarishda xalqaro hamkorlik" deb nomlangan magistratura dasturi doirasida "O'rmon xo'jaligi" hamda “Ekologiya va atrof-muhitni boshqarish” mutaxassisliklarida ta’lim olish uchun grant dasturini e’lon qiladi. O’qish muddati 2 yilni tashkil etib, suxbat asosida qabul qilinadi. Mazkur ta’lim dasturida nomzodlardan rus tilini bilish talab etiladi.

Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: 

https://abiturient.volgatech.net/urovni_obrazovaniya/magistratura/institut_lesa_i_prirodopolzovaniya/monne/

Nomzodlar joriy yilning 30 iyuniga qadar institutning “Xalqaro hamkorlik bo’limi” ga murojaat etishlari mumkin: +99871 237-08-87