REKTORAT A’ZOLARINING NAVBATDAN TASHQARI YIG‘ILISHINING MAJLISI qarori
2021 yil 27 aprel kuni REKTORAT A’ZOLARINING NAVBATDAN TASHQARI YIG‘ILISHINING MAJLISI bo‘lib o‘tdi. Majlis qaroriga binoan quyidagilar amalga oshiriladi:
- Joriy yil 28 apreldan boshlab institutda o‘quv jarayoni 2 hafta muddatga masofaviy shaklga o‘tkazilganligini ma’lum qilamiz.
- Xodimlarni institutga kirib-chiqishi faqat asosiy kirish joyi I-post orqali sanitariya-epidemiologiya talablariga mos ravishda tashkil qilinadi va 65 yoshdan katta professor-o‘qituvchilarning institutga kelishi taqiqlanadi.
- Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, TTJda karantinga oid barcha sharoitlarni yaratish choralari ko‘riladi.
- Fakultetlarda dars jadvallari bo‘yicha onlayn darslarni o‘tilishi muntazam monitoringi olib boriladi.