Barcha fakultet yigit talabalari DIQQATIGA!!!
“Gidromelioratsiya”, “Gidrotexnika qurilishi”, “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash”, “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti”, “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash”, “Yer resurslarini boshqarish” fakultetlari TALABA (YIGIT)lari
DIQQATIGA
Harbiy tayyorgarlik mashgʻulotlarida qatnashish uchun boʻladigan konkursga harbiy tayyorgarlikdan oʻtish istagini bildirgan 2-bosqich talaba yigitlari jalb qilinadi. Ushbu munosabat bilan konkursda qatnashish istagini bildirgan 2-bosqich talaba yigitlar 2019 yil 15 aprelgacha quyidagi hujjatlarni yigʻishi va ularni harbiy kafedraga taqdim qilishlari zarur:
1. Pasport, harbiy guvohnoma yoki chaqiruv guvohnomasining asl nusxasi va rangli kserokopiyasi.
2. Reyting daftarchasining asl nusxasi va rangli nusxasi (3 ta semestr yopilgan boʻlishi shart).
3. Konvert (A4 formatda)
4. Fayl varagʻi.
5. Oʻrta yoki oʻrta maxsus maʼlumot haqidagi hujjatining nusxasi.
TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTISH UCHUN ZARUR BOʻLGAN HUJJATLAR ROʻYXATI:
1. Umumiy qon tahlili – kengaytirilgan.
2. Vasserman reaksiyasiga qon tahlili (RW).
3. Bioximik qon tahlillari: bilirubin, ALT, AST, timol sinamasi, umumiy oqsil tahlili.
4. Virusli gepatit V antigeniga qon tahlili.
5. Gijjaga axlat tahlili.
6. Siydikning umumiy tahlili.
7. Koʻkrak qafasi flyurografiyasi.
8. Yurakni EKG qilish, tahliliy yozuvi bilan (rasshifrovka).
9. Qorin boʻshligʻidagi ichki aʼzolarning UTT (UZI) (jigar, boʻyrak, oshqozonosti bezi).
10. EFGDS (zond).
11. OIV infeksiyasiga qon tahlili.
12. Narkodispanserdan maʼlumotnoma.
13. Tubdispanserdan maʼlumotnoma.
14. Teri-tanosil kasalliklari dispanseridan maʼlumotnoma.
15. Ruhiy-asab kasalliklari dispanseridan maʼlumotnoma.
Ushbu maʼlumotnomalar yashash joylaridagi tibbiyot muassasalaridan yigʻiladi va ular tayyor boʻlgandagina talabaga tibbiy koʻrikdan oʻtishga ruxsat beriladi. Talabaning shaxsan oʻzi, hujjatlar tayyor boʻlishi bilan harbiy kafedraga 15 apreldan kechikmasdan taqdim qilishi shart. Hujjatlar soat 9.00 dan 15.00 gacha harbiy kafedrada qabul qilinadi. Harbiy-tibbiy komissiyadan oʻtish grafigi alohida eʼlon qilinadi.
TIQXMMI HARBIY KAFЕDRASI RAHBARIYATI