2019 yil 20 may kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Suv resurslarini mukammal boshqarish (IUVR) bo‘yicha Olimpiada o‘tkaziladi!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarini 3-4 kurs talabalari o‘rtasida Suv resurslarini mukammal boshqarish (IUVR) yo‘nalishida Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha o‘tkaziladigan Olimpiadaning milliy bosqichiga TIQXMMI mezbonlik qiladi. Olimpiadaning milliy bosqichida 1 o‘rinni olgan talaba Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan mintaqaviy bosqichiga yo‘l oladi.

Olimpiadaning ochilish marosimi 2019 yilning 20 may kuni soat 09:00 da institut binosida boshlanadi. Olimpiadaga qatnashishga arizalar 2019 yilning 4 maydan 18 maygacha qabul qilinadi. Olimpiada o‘zbek va rus tilarida o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan o‘tish quyidagi elektron manzil orqali amalga oshiriladi:

https://drive.google.com/open?id=1X8kAMYIqmD0guvjQEmtluoVOSEuUCd5PmypyWzkpwtM

Foydalanish uchun adabiyotlar va savollar quyidagi elektron manzilda berilgan:

https://drive.google.com/open?id=1iQ8r7Lsf_tpUXKxzwPB5Zg-IHXZFydnqEtoXBr-ic2E

Murojat uchun telefonlar: TIQMMI “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasining telefon raqami: 71-237-19-26

Tanlov shartlari va nizomi (rus tilidagi matni) bilan institutning tiiame.uz rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot