Hurmatli yosh olimlar, tadqiqotchilar va doktorantlar!
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 25.07.2019-y.dagi 87-04-1473-sonli hamda OʻzR Tashqi ishlar vazirligining 25.07.2019-y.dagi 04-5/31211-sonli xatlariga muvofiq Hindiston qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari kengashi (ICAR, Dehli sh.) 2019 – 2020-yillarga moʻljallangan “Netaji Subhash - ICAR internationals” stipendiyasini eʼlon qilganini maʼlum qilamiz.
ICAR qishloq xoʻjaligi yoki boshqa tegishli sohalarda magistr ilmiy darajasiga ega boʻlgan nomzodlar uchun Hindistonning yetakchi qishloq xoʻjaligi universitetlarida oʻqish uchun grantlarni taklif qiladi.
Grantlar va ariza berish shartlari toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlarni www.icar.org.in veb saytidan olishingiz mumkin.
Arizalarni topshirishning oxirgi muddati – 2019-yil 30-avgust.
Hurmat bilan,
TIQXMMI ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori T.Sultanov