«22 aprel – Xalqaro yer kuni» munosabati bilan 2019 yil 16-17 aprel kunlari TIQXMIIda “Yer umummilliy boylik, uni asrab-avaylash barchamizning burchimizdir” mavzusida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida fotosur’atlar va innovatsion ishlanmalar k

«22 aprel – Xalqaro yer kuni» munosabati bilan 2019 yil 16-17 aprel kunlari TIQXMIIda “Yer umummilliy boylik, uni asrab-avaylash barchamizning burchimizdir” mavzusida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida fotosur’atlar va innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi, munozaralar va intellektual o‘yinlar tanlovlari bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning maqsadi: Keng jamoatchilikning, xususan yoshlarning e’tiborini yer resurslarini barqaror boshqarishga va ulardan oqilona foydalanishga, yerlarni muhofaza qilish bilan bog‘liq dolzarb muammolarga, kelajak avlod manfaatlarini ko‘zlagan holda yer resurslarini asrashga qaratishdan iborat.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan iqtidorli talabalar diplom va Homiy tashkilotlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.