Hurmatli professor – o‘qituvchilar, doktorantlar hamda magistrantlar!

Institutda 2018 yildan ingliz tilida chop etilishi yo‘lga qo‘yilgan  “Sustainable Agriculture” ilmiy-texnik jurnali “O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar RO‘YXATI”ga 2019 yildan boshlab quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kiritilganligini ma’lum qilamiz:

- Texnika fanlari;

- Qishloq xo‘jaligi fanlari;

- Iqtisodiyot fanlari;

- Pedagogika fanlari.

 Sizlardan maqolaga qo‘yilgan talablar bilan tanishib chiqib, ular asosida ilmiy maqolalaringizni taqdim etishingizni so‘raymiz.

 

 “Sustainable Agriculture” ilmiy-texnik

jurnali bosh muharriri, rektor  O‘.Umurzakov