Professor oʻqituvchilar va xodimlarni taklif etamiz!

“Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etiladigan ingliz tili kurslariga Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti talabalariga dars beradigan, 55 yoshdan oshmagan, professor o‘qituvchilar va xodimlar taklif etiladi!

Kurslardagi tinglovchilar soni chegaralangan. Kurslarda ingliz tilini o‘rganishni xoxlovchilar bugundan V-303 va V-306 xonalarda kurslarga yozilishi/ro‘yxatdan o‘tishi so‘raladi. Talabgor o‘qituvchi va xodimlarni suhbatdan o‘tkazish 6 aprel shanba kuni soat 10 dan boshlab V-311 xonada tashkil etiladi. Darslarni 15 apreldan boshlash rejalashtirilgan. Kurslarda o‘qish bilan bog‘liq xarajatlar loyiha tomonidan qoplanadi.

Traktorlar va avtomobillar kafedrasi