Qishloq xoʻjaligida texnologiyalarni qoʻllash iqtisodiyoti

Kursning mazmuni:
Kursda asosan qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tahlil qilish bo‘yicha tadqiqotchilarning bilim va tajribalarini oshirishga e’tibor qaratiladi. Kurs o‘z oldiga qishloq xo‘jaligida texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha iqtisodiy mavzularni tahlil qilish hamda qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash uchun mos agrar siyosatni aniqlash bo‘yicha tadqiqotchilarni zaruriy bilim va tajribalar bilan ta’minlashni maqsad qilib qo‘yadi. Kursni o‘rgatish jarayonida qishloq xo‘jaligida texnologiyalarni qo‘llash iqtisodiyoti bo‘yicha nazariy, empirik hamda agrar siyosatga doir tanlab olingan ilmiy ishlardan foydalaniladi.
Kursning tarkibi:
• Fermerning qaror qabul qilish iqtisodiyoti
• Indutsiyalashgan texnologik o‘zgarish modeli
• Qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini qo‘llashda tanlov eksperimentlari
• Texnologik turg‘unlik
• Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni tarqalishi
• Innovatsiyalarni tarkalish to‘g‘risida tadqiqotlar
O‘qitish metodlari:
Kurs ingliz tilida o‘tqaziladi va nazariy va empirik tadqiqotlar yordamida texnologiyalarni loyihalashtirish hamda amaliyotga joriy etish jarayonlarini mikroiqtisodiyot nazariyasiga asoslangan holda o‘tiladi.
Baholash
Sertifikatga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan qatnashuvchilar texnologiyalarni qo‘llash yoki qo‘llamaslikning sabalarini kursda o‘tilgan nazariyalardan foydalanib ingliz tilida 800-1000 so‘zdan iborat bo‘lgan insho ko‘rinishida taqdim etishlari zarur. Insho kurs tugagandan boshlab 6 haftagacha bo‘lgan muddatgacha taqdim etilishi kerak.
Kredit ballari va turi
3 kredit Nazariya
Talablar
• Ingliz tilini bilish (IELTS 5.5 ball). Mikroiqtisodiyot bo‘yicha bilimlar.
• Kursda qatnashish uchun talabgorlar O‘zbekiston OTM yoki ilmiy tadqiqot institutida tadqiqotchi sifatida qayd etilgan yoki ish faoliyati qishloq xo‘jaligida texnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lishi zarur
• O‘qituvchilar:
• Dr. Nodir Djanibekov va Dr. G‘olib Sanaev
• O‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida
• qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Leybnis
• Instituti (IAMO), Qishloq xo‘jaligi siyosati bo‘limi. O‘qituvchilar haqida qo‘yidagi adresda batafsil ma’lumotlar berilgan:
https://www.iamo.de/en/institute/staff/details/djanibekov/
https://www.iamo.de/en/institute/staff/details/sanaev/
• Sana: 29 iyul – 2 avgust, 09:00 dan 16:00 gacha
• Manzil: Innovatsion klaster, TIQXMMI, Toshkent sh.
• Kursda qatnashish uchun talabgorlar onlayn anketa va CV ni qo‘yidagi internet link orqali to‘ldirishlari zarur https://forms.gle/KVQSYxyoQJPPa3hGA
• Ro‘yxatga olishning oxirgi muddati: 15 iyul 2019
• Bog‘lanish uchun mas’ul: Muxamedova Nozilaxon
• Email: nozila.mukhamedova@agrar.uni-giessen.de