Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlari kengashi 2019 yilda beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlariga tavsiyanomalar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlari kengashi 2019 yilda beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlariga tavsiyanomalar 2019 yilning 25 yanvarigacha qabul qilinishini maʼlum qiladi.
Fan va texnika sohasida Davlat mukofotiga quyidagi talablarga javob beradigan ishlar qabul qilinadi:
Birinchi darajali mukofot uchun;
- Respublika fanini rivojlantirishga ulkan hissa boʻlib qoʻshilgan va xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan fundamental tadqiqotlar, jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy, ilmiy- texnik va maʼnaviy- maʼrifiy rivojlanishiga kuchli taʼsir qilgan kashfiyot, ixtiro va ilmiy ishlanmalar, jahon miqyosidagi eng ilgʻor standartlarga mos boʻlgan va amaliyotga katta samara bilan joriy etilgan yangi texnika va texnologiyalar
- Respublika fanining muayyan tarmoqlarini rivojlantirishga salmoqli hissa boʻlib qoʻshilgan va xorijiy mamlakatlarda eʼtirof etilgan fundamental tadqiqotlar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va maʼnaviy-maʼrifiy rivojlanishiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan ixtirolar, ilmiy ishlanmalar, taʼlim muassasalari uchun darsliklar, ilgʻor standartlarga mos boʻlgan va ishlab chiqarishga samarali joriy qilingan yangi texnologiyalar.
- Muallif (mualliflar jamoasi uchun - har bir muallif)ning familiyasi, ismi va otasining ismi (pasport boʻyicha), tugʻilgan yili va joyi, yashash manzili, ishlash joyi yoki faoliyat turi, ilmiy darajasi va unvoni (mualliflarning familiyalari alifbo tartibida koʻrsatiladi);
- ishning nomi;
- ishning taqdim etilishini asoslovchi natijalar, texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar va amalga oshirilish koʻlami;
- uning tugallangan, nashr qilingan va ishlab chiqarishga joriy etilgan vaqti.
- ishni taqdim etish xaqida, uning nomi, mukofotga daʼvogarning familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilgan holda muassasa ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashi majlisining, vazirlik hayʼatining va boshqa tegishli majlislar bayonnomasidan koʻchirma;
- ishning qayerda amalga oshirilgani, vaqti, salmogʻi hamda uning texnik – iqtisodiy koʻrsatkichlari, maʼnaviy- maʼrifiy jihatdan tavsifi qayd etilgan holda qisqacha mazmuni (hajmi 10 sahifadan oshmasligi, muallif yoki mualliflar tomonidan imzolanishi kerak).
- mualliflar jamoasi tomonidan bajarilgan ishlar uchun har bir muallifning ishgan qoʻshgan hissasi aniq koʻrsatilgan, har bir muallif tomonidan imzolangan va notarial tasdiqlangan dalolatnoma:
- har bir muallif uchun 4x6 sm, oʻlchamli rangli fotosurat yopishtirilgan xodimlarni hisobga olish varaqasi hamda maʼlumotnoma (elektron varianti bilan);
- qoʻshimcha 4 dona 4x6 sm oʻlchamli fotosurat va pasport nusxasi;
- ilmiy ishlar, darsliklarning nashrlari, mashina va mexanizmlar, yangi materiallar, konstruksiyalar tavsiflari, ishlab chiqarishga joriy etilgan ishlarning dalolatnomalari, ixtirolarning bayonlari, qoʻshimcha chizma, sxema, xarita, fotoalbom va maketlar va boshqa shakllarda chop etilgan nusxalari.
Ikkinchi darajali mukofot uchun;
Davlat mukofoti shaxsiy xarakterga ega va qoidaga koʻra bitta shaxsga beriladi. Davlat mukofotiga tavsiya etilgan ishda bir necha shaxsning hissasi hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan taqdirdagina Davlat mukofoti mualliflar jamoasiga berilishi mumkin. Mualliflar jamoasi besh kishidan oshmasligi kerak.
Bir necha shaxslar tomonidan bajarilgan ishlarni mukofotga taqdim etishda daʼvogarlar jamoasiga faqat ishni bajarishda bevosita ijodiy ishtiroki eng yuksak darajada va hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan asosiy mualliflargina kiritiladi. Mualliflar jamoasi tarkibiga maslahatchilik, maʼmuriy va tashkiliy ishlarni bajargan shaxslarni kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mualliflar jamoasi tarkibiga vafot etgan, lekin ishning bajarilishida qoʻshgan hissasi ahamiyatga ega boʻlgan shaxslar ham kiritilishi mumkin.
Davlat mukofotiga hukumatning boshqa mukofoti bilan ilgari taqdirlangan mualliflar ham istisno tariqasida tavsiya etilishi mumkin.
Fan va texnika sohasidagi Davlat mukofotiga koʻrsatilayotgan ilmiy tadqiqotlar, texnika va texnologiyalar boʻyicha bajarilgan ishlar ishlab chiqarishga joriy etilgan boʻlishi kerak.
Fan va texnika sohasidagi Davlat mukofotiga taqdim etiladigan har bir ishga tavsiya etuvchi tashkilot tomonidan tavsiyanoma xati yoziladi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Tavsiyanoma xati taqdim etayotgan tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. Rahbarning oʻzi mukofotga daʼvogarlar tarkibiga kirgan holatdagina xatni rahbarning oʻrinbosari imzolaydi.
Tavsiyanoma xatiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Agar mukofotga tavsiya etilgan tadqiqot ishi buyurtmaga koʻra tavsiya etilgan tadqiqot ishi buyurtmaga koʻra bajarilgan boʻlsa, buyurtmachi tashkilot boʻysunadigan vazirlik yoki idora rahbariyati roziligini tasdiqlovchi hujjatlar ham ilova qilinishi lozim:
Eslatma: taʼlim muassasalari uchun darsliklar boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarning xulosalari ilova qilinadi.
Mukofotga tavsiya etilgan ish va unga oid hujjatlar uch nusxada topshirilishi kerak.
Taqdim etiladigan hujjatlar nusxalarining har bir yigʻmasi alohida jildga solinadi. Chop etilgan ilmiy yoki alohida muqovalangan ishning bayonidan ham bir nusxadan jildga solinadi. Jild ustiga ishni taqdim etuvchi muassasa nomi, ishning nomi va muallif(lar) familiyasi, ismi va otasining ismi toʻliq yoziladi.
Fan va texnika sohasida Davlat mukofotlariga tavsiyanomalar Kengashning ishchi organi – Fanlar akademiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Fan va texnika sohasida Davlat mukofoti boʻyicha: 100047, Toshkent shahri, Yahyo Gʻulomov koʻchasi, 70-uy, 322-xona. Tel.: 71-233-59-46.