O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etib stipendiyat bo‘lishni hohlovchi talaba va magistrantlar DIQQATIGA!
Institutimizda iqtidorli va iste’dodli yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etishni hohlovchi talaba va magistrantlarga quyidagi Nomli stipendiyalarga hujjatlarini topshirish uchun saralash mavsumi boshlanganini ma’lum qiladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi;
- Islom Karimov Davlat stipendiyasi;
- Beruniy Davlat stipendiyasi;
- Navoiy Davlat stipendiyasi;
Hamda institutimizda ta’sis etilgan “Ilmiy kengash” stipendiyasi tanloviga ham hujjatlar qabul qilinishini ma’lum qilamiz.
Tanlovda ishtirok etuvchi talaba va magistrantlarning hujjatlari belgilangan muddatlardan kechikmagan holda taqdim etilishini so‘raymiz.
Shaxsiy hujjatlar tarkibi quyidagilardan iborat:
- Institut Ilmiy Kengashi yig‘ilishi bayonnomasidan nus’ha;
- dekanat va kafedra taqdimnomasi;
- reyting daftarchasi nus’hasi (nus’ha dekanat yoki institut orginal muhri bilan tasdiqlanishi lozim);
- ilmiy ishlari ro‘yxati;
- ilmiy (ijodiy) ishlarning annotatsiyasi;
- ilmiy maqolalari nus’halari;
- nomzodning ilmiy izlanishi to‘g‘risidagi kafedra va ilmiy rahbar xulosasi;
- pasport nus’hasi;
- nomzodning kirish test sinovlarida to‘plagan bali;
- nomzodning tarjimai holi;
- nomzodning ma’lumotnomasi;
- nomzodning 2 dona 10x15 sm, 2 dona 3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati;
- Sertifikat, Diplomlar nus’hasi.
Qayd etilgan hujjatlar davlat tilida tayyorlanadi va keltirilgan ketma-ketlikda hujjatlar jildiga tikiladi. Jildning muqovasida Institutning va nomdor stipendiyasining nomi, talabaning ismi-sharifi, fakultet nomi, ta’lim yo‘nalishi, shifri, kursi va guruhi ko‘rsatiladi.
Tanlovning 1 bosqich sinovlarini o‘tkazish muddati va fanlar bo‘yicha ma’lumotlar.
- Chet tili fani;
Konsultatsiya kuni, vaqti va joyi - 13.06.2018y., soat 1330-1530, xona B-01.
Imtixon kuni va vaqti va joyi - 14.06.2018y., soat 1330-1530, xona B-01.
- Informatika va axborot texnologiyalari fani;
Konsultatsiya kuni, vaqti va joyi - 15.06.2018y., soat 1330-1530, xona Bk-01.
Imtixon kuni va vaqti va joyi - 18.06.2018y., soat 1330-1530, xona Bk-01.
- O‘zbekiston tarixi;
Konsultatsiya kuni, vaqti va joyi - 19.06.2018y., soat 1330-1530, xona B-225.
Imtixon kuni va vaqti va joyi - 20.06.2018y., soat 1330-1530, xona B-225.
Talab etiladigan hujjatlar, tanlov shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni institutimizning Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limidan olishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etishni hohlovchi talaba va magistrantlarni 13 iyunga qadar ITIvaIPKT bo‘limiga kelib uchrashishlarini so‘raymiz.
Hujjatlar to‘plangan papkalar 13 iyundan 25 iyungacha qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefonlar: 237-19-61, S.Isayev, S.Yarova.