ERASMUS + GEM – “Atrof-muhitni modellashtirish va boshqarishda geoaxborot tizimi (GAT) va Yerni tadqiq qilish” qo’shma magistratura dasturini e’lon qiladi

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ fondi doirasida Shvetsiyaning Lund, Gollandiyaning ITC Twenty, Belgiyaning Luvayn hamda Estoniyaning Tartu universitetlari GEM MSc- “Atrof-muhitni modellashtirish va boshqarishda GAT va Yerni tadqiq qilish” mutaxassisligi bo’yicha 2 yillik qo’shma magistratura dasturida ta’lim olish uchun grant dasturini e’lon qiladi.

Talabgorlar:

  • Shahar va qishloqlarni rejalashtishda GAT;
  • Yer resurlaridan foydalanishda GAT;
  • Ekotizimlar va tabiiy resurslarni boshqarishda GAT;
  • Oziq-ovqat xavfsizligida GAT yo’nalishlari bo’yicha hujjatlarini topshirishlari mumkin.

Hujjatlar joriy yilning 15 martiga qadar onlayn tarzda qabul qilinadi.

Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

  • Tanlagan yoki unga yaqin yo’nalish bo’yicha OTMni a’lo baholarga o’qib tugatgan hamda bakalavr diplomiga ega bo’lishi;
  • Ingliz tilini bilish darajasi yuqori bo’lishi (minimum IELTS 6.5,  TOEFL (PBT) 580 yoki TOEFL (IBT) 92);
  • Tanlagan yo’nalishi bo’yicha tajriba va ish stajiga ega bo’lish.

Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:

https://www.gem-msc.eu/

Ushbu tanlovda ishtirok etishni hohlovchi nomzodlar joriy yilning 15 martiga qadar institutning Geodeziya va geoinformatika kafedrasi tayanch doktoranti Zohid Mamatkulovga telegram orqali (https://t.me/ZokhidMamatkulov) murojaat etishlari mumkin.