Siz korrupsiyaga qarshimisiz?
Siz korrupsiyaga qarshimisiz?
Institutimizda qanday qilib korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha fikr va g‘oyalariz bormi u holda biz bilan o‘rtoqlashing !
Fikr va g‘oyalaringizni quyidagi manzilga yuboring:
e-pochta:admin@tiiame.uz
telegram:@BN2343
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda
ma’qullangan
15-modda. Ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi
Ommaviy axborot vositalari:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni yoritadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti Sh.Mirziyoev
Toshkent shahri,
2017 yil 3 yanvar
№ O‘RQ-419