Harbiy tayyorgarlikdan o‘tish istagini bildirgan 2-bosqich talaba yigitlari diqqatiga!!!
Gidromelioratsiya, Gidrotexnika qurilishi, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, Qishloq va suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va elektrlashtirish, Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash, Yerdan foydalanish va yer kadastri fakultetlari TALABA (YIGIT) LAR
DIQQATIGA
Harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida qatnashish uchun bo‘ladigan konkursga harbiy tayyorgarlikdan o‘tish istagini bildirgan 2-bosqich talaba yigitlari jalb qilinadi. Ushbu munosabat bilan konkursda qatnashish istagini bildirgan 2-bosqich talaba yigitlar 2018 yilning 10 martgacha quyidagi hujjatlarni yig‘ishi va ularni harbiy kafedraga taqdim qilishlari zarur:
1. Harbiy guvohnoma yoki chaqiruv guvohnomasining asl nusxasi.
2. Reyting daftarchasining asl nusxasi, 3 ta semestr yopilgan bo‘lishi shart (kserokopiya bilan).
2. Konvert A4 formatdagi;
3. Fayl varag‘i.
TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TISh UChUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR RO‘YXATI:
1. Umumiy qon tahlili – kengaytirilgan.
2. Vasserman reaksiyasiga qon tahlili (RW).
3. Bioximik qon tahlillari: bilirubin, ALT, AST, timol sinamasi, umumiy oqsil tahlili.
4. Virusli gepatit V antigeniga qon tahlili.
5. Gijjaga axlat tahlili.
6. Siydikning umumiy tahlili.
7. Ko‘krak qafasi flyuorografiyasi.
8. Yurakni EKG qilish, tahliliy yozuvi bilan (rasshifrovka).
9. Qorin bo‘shlig‘idagi ichki a’zolarning UTT (UZI) (jigar, buyrak, oshqozonosti bezi).
10. EFGDS (zond).
11. OIV infeksiyasiga qon tahlili.
12. Narkodispanserdan ma’lumotnoma.
13. Tubdispanserdan ma’lumotnoma.
14. Teri-tanosil kasalliklari dispanseridan ma’lumotnoma.
15. Ruhiy-asab kasalliklari dispanseridan ma’lumotnoma.
Ushbu ma’lumotnomalar yashash joylaridagi tibbiyot muassasalaridan yig‘iladi va ular tayyor bo‘lgandagina talabaga tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ruxsat beriladi. Talabaning shaxsan o‘zi, hujjatlar tayyor bo‘lishi bilan,. harbiy kafedraga 10 martdan kechikmasdan taqdim qilishi shart. Hujjatlar soat 9:00 dan 15:00 gacha (tushlik 13:00-14:00 gacha) harbiy kafedrada qabul qilinadi. Harbiy - tibbiy komissiyadan o‘tish grafigi alohida e’lon qilinadi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
muxandislari instituti harbiy kafedrasi